Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Sinov savollari: 
 
1. Atmosfera, gidrosfera va litosferaning tuzilishi, tuproq qoplamining 
ularga ta’siri qanday? 
2. Biosfera deganda nimani tushunasiz? 
3. Tuproq qoplamining biosferaga ta’siri qanday? 
4. Tuproq qoplamining biosferadagi funksiyasi nimadan iborat? 
5. Tuproq ekologiyasi deganda nimani tushunasiz?
4-bob. Tuproq qattiq, suyuq, gaz va biologik fazalardan iborat 
polidispers tizim sifatida 
 
Tuproq fazalarining hosil bo‘lishi, ularning fizik-kimyoviy va biologik 
jarayonlarning rivojlanishi va tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati.
Tuproq qoplami polidispers tizim bo‘lib, magmatik, metamorfik va 
cho‘kindi tog‘ jinslarining mexanik, fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar, 
tabiiy omillar – iqlim, relyef, ona jins, o‘simlik va tirik jonivorlar, vaqt va 
inson faoliyati ta’sirida paydo bo‘lgan tabiiy-tarixiy tanadir. Tuproq qoplami 
uzoq muddatda shakllanib, o‘zining g‘ovakligi, yumshoqligi, namligi, 
donadorligi, 
organik 
va 
mineral 
moddalarning to‘planishi, o‘simlik va 
tirik jonzotlarning yashash makoni, 
tabiiy va madaniy o‘simliklarni oziqa, 
suv, havo hamda boshqa moddalar 
bilan 
ta’minlaydigan 
manba 
hisoblanadi. 
Tuproq qoplami o‘zining ichki 
tuzilishi 
bilan 
boshqa 
tabiiy 
yotqiziqlardan farq qilib, ulardan 
unumdorlik xususiyatlari bilan ajralib 
turadi. Tuproq murakkab ko‘p fazali, 
tabiiy tarixiy tana bo‘lib, uning tarkibi qattiq, suyuq, gaz va biologik 
dunyodan iborat. 
Tuproqning qattiq fazasi
uning asosini tashkil qilib, ona jins, ya’ni 
tog‘ jinslarining nurashidan elyuvial, delyuvial, prolyuvial, allyuvial, eol 
yotqiziqlarini hosil qiladi hamda ular ustida tuproq qoplami paydo bo‘ladi, 
shakllangan jarayonlar mahsulotidagi xossa va xususiyatlar, kimyoviy va 
mineral tarkib ulardan meros qilib olingan bo‘ladi. Bu ko‘p komponentli va 
polidispers organo-mineral moddalar zahirasi tuproq qattiq fazasining asosini 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling