Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1. Tuproqning granulometrik tarkibi deganda nima tushuniladi? 
2. Tuproqning granulometrik tarkibi nimalarga bog‘liq bo‘ladi? 
3. O‘rganish usullari qanday? 
4. Tuproqning granulometrik tarkibiga binoan tavsifi? 
5. Tuproq granulometrik tarkibining fizik xossalari va unumdorlikka 
ta’sirini tushuntiring? 
 
7-bob. Tuproqning mineralogik tarkibi 
Tuproq – qattiq, yumshoq, gaz va biologik fazalaridan iborat bo‘lgan 
polidispers tizimdir. Tuproqning qattiq fazasi mineral va organik 
moddalardan tashkil topgan. Tuproqning mineral qismi uning massasiga 
nisbatan 80-90% ni tashkil etib, torfli tuproqlarda esa 1-10% dan iboratdir. 
Tuproqning mineral qismi quruqlikning yuza qatlamidagi tog‘ jinslarining 
nurashidan hosil bo‘ladi. 
Litosferadagi yerning qattiq qobig‘i – magmatik, metamorfik va 
cho‘kindi jinslardan tashkil topgan. Litosferadagi erigan magma chuqur 
qatlamlarda yuqori bosim natijasida intruziv (granitlar, silvinitlar, dioritlar va 
boshqa) jinslarga hamda yer yuziga oqib chiqqan magmaning odatdagi 
atmosfera bosimi sharoitida qotishi natijasida effuziv (bazalg‘tlar, porfiritlar, 
tuflar) kabi jinslarni tashkil qiladi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
53 
Magmatik (otqindi) tog‘ jinslari
yuqori harorat, bosim, suv 
yetishmovchiligi sharoitida hosil bo‘lib, o‘zining yuqori zichligi, kristallik 
tuzilishi, barqarorligi, kimyoviy va mineral tarkibi bilan ajralib turadi. 
Magmatik tog‘ jinslari yer yuzida past bosimda barqaror bo‘lib yemiriladi va 
o‘z shaklini o‘zgartirib, yer ustki qatlamining termodinamik sharoitiga 
chidamli yangi tog‘ jinslarini hosil qilishi mumkin. 
Cho‘kindi (klastik) tog‘ jinslari
magmatik (otqindi) jinslarning 
atmosfera agentlarining, ya’ni haroratning o‘zgarishi, yog‘in-sochin, suv, 
shamol, muzlash ta’sirida mexanik yemirilishdan hosil bo‘ladi. Soz, 
sozsimon, qum, qumtosh, konglomerat, slanetslar hamda dengiz yotqiziqlari 
gips, dolomit, toshtuz, ohaktosh, marmar yoki kolloid cho‘kindilar, kristall 
yoki amorf holatda ham hosil bo‘lishi mumkin. Dengiz cho‘kindilari, 
hayvonot skeletlari va o‘simlik qoldiqlari organogen yoki biolitli jinslar
ohaktosh, bo‘r, toshko‘mir va neftg‘ kabi mahsulotlarni hosil qiladi. 
CHo‘kindi tog‘ jinslari dunyodagi quruqlikning (materikning) 75% 
maydonini tashkil qilib, dengiz va kontinental yotqiziqlarga bo‘linadi. 
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, dengiz yotqiziqlari ohaktoshlar, sozlar, 
slanetslar, qumtoshlar va quruqlikda paydo bo‘lgan muzlik, daryo, ko‘l, 
shamol yotqiziqlariga ajratiladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling