Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Sinov savollari: 
1. Tuproqning morfologik tuzilishi deganda nimani tushunasiz? 
2. Tuproqning morfologik tuzilishi dala va laboratoriya sharoitida 
qanday usullar yordamida o‘rganiladi? 
3. Tuproq profili morfologik tuzilishiga binoan genetik qatlamlarga 
qanday tabaqalanadi? 
4. Tuproqning morfologik tavsifiga nimalar kiradi? 
 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
48 
6-bob. Tuproqning granulometrik tarkibi 
Tuproqning mexanik (granulometrik) tarkibi tog‘ jinslarining 
nurashidan hosil bo‘lgan turli o‘lchamdagi va og‘irlikdagi zarrachalar 
majmuasidir. 
 
Tuproq mexanik tarkibi uni hosil qiluvchi ona jinslar yoki 
yotqiziqlardan meros qilib olingan bo‘ladi. Magmatik, metamorfik, 
cho‘kindi tog‘ jinslarining elyuviy va delyuviylaridan nurashi jarayonida 
turli o‘lchamdagi toshlar, shag‘allar va qumlar hosil bo‘ladi. Prolyuvial
allyuvial, ko‘l yoki dengiz, lyoss va lyossimon hamda muzlik yotqiziqlarda 
qum, chang, loy va kolloid zarrachalar hosil bo‘ladi. 
Tuproq hosil bo‘lishi jarayonida granulometrik tarkib deyarli 
o‘zgarmaydi, 
ammo 
tuproq 
genetik 
qatlamlarning 
shakllanish 
evolyutsiyasida qisman o‘zgarishi mumkin. 
Tuproq mexanik tarkibini aniqlash, uning fizik-mexanik xossalarga 
ta’siri Ye.Shene, N.A.Lorens, V.Osborn, V.V.Dokuchayev, A.A.Fadeyev, 
V.R.Vilyams, A.N.Sabanin, V.V.Oxotin, N.A.Kachinskiy, S.N.Rijov kabi 
tuproqshunoslar tomonidan o‘rganilgan. 
Tuproq unumdorligi, fizik-mexanik xususiyatlari, suv va issiqlik 
o‘tkazuvchanlik qobiliyati turli o‘lchamdagi zarrachalar miqdori – 
mexanik tarkib bilan chambarchas bog‘langan. Tuproq va uni hosil 
qiluvchi ona jinsining granulometrik tarkibi, dala va laboratoriya sharoitida 
bir necha usullar bilan aniqlanadi. Ular tuproqni qo‘l kaftida siqib ko‘rish 
va tuproqni turli o‘lchamdagi elaklar orqali elash, suvda aralashtirib 
suspenziya olish, tsentrifuga (separatorlarda) va boshqa elektronika asbob-
uskunalari yordamida aniqlash mumkin. Tuproq zarrachalari organik va 
mineral moddalardan iborat bo‘lganligi uchun, ularni ajratishda 
koagulyantlardan ozod qilish kerak. Koagulyantlar karbonat, gumus, 
kolloid birikmalardan tashkil topganligi uchun ularni kuchli kislota yoki 
ishqor bilan parchalashga to‘g‘ri keladi. Sobiq Ittifoq davrida tuproqning 
granulometrik va mikroagregat tarkibi N.A.Kachinskiy usuli bilan - tuproq 
maydalanib, suvda aralashtiriladi va Stoks formulasidan foydalanib, qum, 
chang, loy zarrachalari aniqlanadi: 
h
q
D
D
r
V



=
)
(
22
,
0
2
1
2
V – zarrachaning suvda cho‘kish tezligi, r – zarracha radiusi, D

– 
zarrachaning solishtirma og‘irligi, D
2
– suyuqlikning solishtirma og‘irligi, q – 
yer tortish kuchi tezligi (98 sm/sek), h – suyuqlik qovushqoqligi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
49 
Koagulyantlar sifatida geksa va metafosfat natriydan foydalaniladi. 
Tuproqning granulometrik tarkibi N.A.Kachinskiy va V.V.Oxotin ishlab 
chiqqan tasnif bo‘yicha aniqlanadi va belgilanadi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling