Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Tuproqning gaz fazasi
uning makro, mezo va mikro g‘ovaklaridagi bo‘shalgan suv yoki eritmalar, organo-mineral moddalar o‘rnini egallab, tuproq qoplamida vertikal va gorizontal yo‘nalishda bosim o‘zgarishi munosabati bilan harakat qiladi. Tuproq gaz fazasi bug‘langan suv - SO 2 , N, O 2 , N, SO 2 , SN 4 va boshqa inert moddalardan iborat bo‘ladi (10-rasm). Atmosferadagi barcha mavjud gazlar tuproqda ham uchraydi, ammo uning sifati va mavsumiy miqdori jihatidan farq qilishi mumkin. Avtomorf, ya’ni quruq tuproqlarda havo ko‘proq, sernam gidromorf tuproqlarda kam bo‘lib, bir- biri bilan qarama-qarshi holatda bo‘ladi. Havoning miqdori tuproq g‘ovakligi va zichligiga bog‘liq bo‘ladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar havo tarkibidagi kislorod, azot, oltingugurt va boshqa birikmalarning o‘zgarishiga ta’sir qiladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmslar faoliyatidan aerob va anaerob jarayonlar misol bo‘la oladi. Tuproqdagi biologik qism uch guruh jonivorlarga bo‘linishi mumkin, ya’ni yashil o‘simliklar, mikroorganizmlar va hayvonot dunyosidan tashkil topgan. Yashil o‘simliklar, daraxt, bir va ko‘p yillik o‘t o‘simliklar qoldiqlarini mikroorganizmlar tomonidan aerob va anaerob jarayonida parchalab, biologik fazani tashkil qilib, ulardagi biofil moddalar tuproq unumdorligini oshirishda ishtirok etadi. Olimlarning ta’kidlashicha, dunyo bo‘yicha tuproq yuzasida 5.3.10 10 t biomassa rivojlanib, atmosferadan quyosh energiyasi, SO 2 , suv va mineral moddalarni tuproqdan oladi. Keng va ignabargli o‘rmonlar yer yuzida 10 11 - 10 12 t biomassani tashkil qiladi. O‘t-o‘simliklar bu borada 10 10 -10 11 t tashkil qilib, tuproq qoplamini azot va kul elementlari bilan boyitadi. Tuproq biologik fazasida mikrojonzotlar: bakteriyalar, aktinomitsetlar, zambrug‘lar, suv o‘tlari va lishayniklar ishtirok etib, ularning miqdori bir gramm tuproqda milliondan milliardgacha bo‘lishi mumkin. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling