Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Tuproqning biologik fazasida


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tuproqning biologik fazasida
tirik jonivorlar - oddiy tuzilishdagi, 
umurtqasiz va umurtqali hayvonlar ishtirok etadi. Oddiy tuzilishdagi 
jonivorlar ipsimon, ildizoyoqlar va infuzoriya guruhidagi jonzotlardan tashkil 
topgan (11-rasm). Umurtqasiz hayvonlar esa yomg‘ir chuvalchangi, kanalar, 
qirqoyoq, mingoyoq, suvaraklardan iboratdir. Tuproqda yana qo‘ng‘izlar, 
10-rasm. tuproqda uchraydigan gaz 
moddalari
 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
43 
chumolilar va kemiruvchi hayvonlar - 
yumronqoziq, sichqon, kalamush va 
boshqalar 
uchrab, 
biologik 
fazani 
shakllanishida ishtirok etadilar.
Tuproq tarkibining biologik fazasi 
organik va biofil moddalarning hosil 
bo‘lishi, 
tuproq 
donadorligini 
tahminlashda yelim, o‘simliklar uchun 
oziqa manbai, tuproq unumdorligini 
oshirishda va uni belgilashda asosiy 
omildir. 
 
Sinov savollari: 
1. Tuproq nechta fazadan iborat? 
2. Fazalar holati va hajmi tuproqning suv-fizik va kimyoviy tarkibi 
bilan bog‘liqmi? 
3. Tuproq fazalari kimyoviy va biologik jarayonlarning rivojlanishi va 
unumdorlikni oshirishda ishtirok etadimi? 
 
5-bob. Tuproqning morfologik tuzilishi
 
Tuproqning morfologik tuzilishi deganda, biz uning rangi, 
donadorligi, zichligi, yumshoqligi, ichki tuzilishi, kelib chiqishi va 
rivojlanishini (evolyutsiyasini) nazarda tutamiz. 
Tuproqshunoslar tomonidan tuproqdan dala sharoitida kesmalar 
qazib, qatlamlarning morfologik tuzilishining tavsifi yoziladi. SHu 
ko‘rsatkichlar tahlili asosida tuproq tipi, hosil bo‘lishi, fizik xossalari, 
kimyoviy tarkibi hamda unumdorligi haqida fikr yuritish imkoniyati 
yaratiladi. Tuproq morfologik belgilari qazilgan kesmada qatlamlarning 
rangi, donadorligi, hayvonot olami faoliyati, o‘simlik ildizlari va 
qoldiqlari, namlik darajasi, mexanik tarkibi, yaralmalari va qo‘shilmalarida 
namoyon bo‘ladi. Tuproq gumusini belgilaydigan ko‘rsatkichlar qora, qizil 
(sariq) va oq ranglardir. 
Amerika va Yaponiya tuproqshunoslari tuproq rangini o‘rganib, 
ularni vujudga keltiradigan uchta omil: rang (spektr rangi, qizil, sariq, 
yashil, ko‘k, binafsha)ning yorug‘lik darajasi, tozaligi, kuchiga bog‘liq deb 
hisoblaydilar. Tuproqning rangi gumus miqdori 8-10% bo‘lganda tim qora, 
4-5% gumus bo‘lganda esa qo‘ng‘ir tusni keltirib chiqaradi. Tuproqning 
qoramtir rangini MnO
2
, FeS, H
2
O, Fe
2
O
4
kabi birikmalar ham berishi 
mumkin. Namlik darajasi ham tuproqning qoramtirligini oshiradi. Qizil va 
11-rasm. Tuproq kesmasida 
biologik faza 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
44 
sariq ranglar tuproqdagi temir oksidlari bilan bog‘liqdir. Kalsiy, 
karbonatlar, gips, kaolinit, kremniy, alyuminiy birikmalari va suvda 
eriydigan tuzlar tuproqni oq to‘sga kiritadi. Tuproq rangini aniqlash uchun 
hozirgi paytda har xil tuslarga boy, universal Mansel shkalasidan 
foydalaniladi. Bu usuldan butun jahon mamlakatlarining tuproqshunos 
olimlari foydalanishadi. 
Tuproq namligi undagi suv tarkibiga, kapilyar tuzilishi, donadorligi, 
mexanik tarkibi, sizot suvlarining chuqurligi va minerallashuv darajasi 
bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Tuproqning mexanik tarkibi shag‘alli, qumli, changli, loyli va kolloid 
zarrachalar miqdoriga va o‘lchamiga bog‘liqdir. Dala sharoitida 
tuproqning mexanik tarkibi qo‘l kafti va barmoqlari bilan ishqalanib 
aniqlanadi. 
Tog‘ jinslarining nurashi va tuproq hosil bo‘lishi jarayonida organik 
va mineral moddalardan iborat yangi yaralmalar hosil bo‘lishi mumkin. 
Ular, asosan, gips, osh tuzi, karbonatlar, temir, alyuminiy, marganes hosil 
qilgan dog‘lar va kristallar bo‘lishi mumkin. 
Tuproq tarkibidagi qo‘shilmalarda tog‘ jinslarining bo‘laklari, 
mollyuskalar chig‘anog‘i, o‘simlik ildizlari, poyasi, chuvalchang, 
qumursqa, arilar va qo‘ng‘iz uyalari, yoki insoniyat tomonidan yaratilib, 
tuproq tarkibida uchraydigan suyaklar, chinni va sopol idishlarining 
siniqlari, tangalar, qurol-aslaha bo‘laklari uchrab turishi mumkin. 
Tuproq kesmasining morfologik tuzilishiga binoan genetik A, V, S, 
D qatlamlar va uning ichida chim, qatqaloq, tuz, o‘rmon tushami, gumus 
va haydalma qatlamlar ajratilishi mumkin. 
Tuproq qoplamining morfologik tuzilishini ilk bor o‘rgangan 
tuproqshunoslar V.V.Dokuchayev va uning shogirdlaridir. Sobiq Ittifoq 
davrida tuproq morfologiyasi fanidan takomillashgan o‘quv darsligi 
Moskva universitetining professori B.G.Rozanov (1983, 1988) tomonidan 
yozilgan. 
Tuproq qoplami murakkab tizim bo‘lib, uning morfologik tuzilishi 
turli xil pog‘onalardan iborat, ya’ni tabiiy tananing ichki tuzilishi yoki 
atrofdan qo‘shilgan qo‘shilmalar, bir-biridan morfologik shakli bilan farq 
qiladigan mahsulotdir. Tuproq qoplami bir-biridan morfologik elementlari 
va belgilari bilan ajralib turadigan ona jins va genetik qatlamlardan 
iboratdir. Ularning majmuasi kesma profilini tashkil etadi. Tuproq profili 
morfologik tuzilishida, birinchi o‘rinni, uning tabiiy tana sifatida 
shakllanishi, uning (gorizontlari) kesmalarining tabaqalanishi ikkinchi 
o‘rinni egallaydi. Har bir profil morfologik tuzilishi bilan farqlanadi. Ular 
morfonlardan, ya’ni organo-mineral moddalardan iborat bo‘lgan 



Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling