Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Inson faoliyatining tuproq paydo bo‘lishidagi roli


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Inson faoliyatining tuproq paydo bo‘lishidagi roli. 
Insoniyat 
paydo bo‘lgan davrdan boshlab tuproq hosil bo‘lish jarayonida faol 
qatnashadi. Inson tuproq qoplamidan ilk davrdan boshlab ishlab chiqarish 
mahsuloti sifatida foydalanadi. Yer osti boyliklarini qazib oladi, 
o‘rmonlardagi daraxtlarni yoqilg‘i yoki qurilish mahsulotlari sifatida 
kesadi, tabiiy o‘tlarni pichan sifatida o‘rib oladi, mol boqadi, yerga ishlov 
beradi, haydaydi, sug‘oradi, o‘g‘it soladi. Natijada, salbiy yoki ijobiy 
jarayonlarning rivojlanishiga sababchi bo‘ladi. Tuproq sho‘rlanishi, 
eroziyaga uchrashi, pestitsidlar va og‘ir metallar bilan ifloslanishi salbiy 
tomoni bo‘lsa, inson faoliyatining ijobiy yo‘nalishi tuproq unumdorligini 
oshirishga qaratilgandir. Inson ta’siri natijasida tuproq hosil bo‘lishi Misr, 
Suriya, Xitoy, Hindiston, O‘rta Osiyo mamlakatlarida sug‘orish 
jarayonining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liqdir. Sug‘orish jarayonining 
tuproqqa nihoyatda kuchli ta’sir etishini N.A.Dimo, M.A.Orlov, 
A.N.Rozanov, S.N.Rijov kabi olimlar o‘z ilmiy ishlarida yoritganlar. 
Hozirgi vaqtda dunyo aholisi 7,5 milliarddan oshib ketdi, ularni 
oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash uchun sug‘orilib ekiladigan 
yerlarning hosildorligini oshirish katta ahamiyatga ega. Ma’lumki, 
tuproqning madaniy o‘simliklar, oziqa moddalar va suvga talabchanligi 
nihoyatda yuqori bo‘lib, issiqlik, namlik, tuproqning yumshoqligi bo‘lgan 
ehtiyoj inson tomonidan boshqarib boriladi. 
Sug‘orish natijasida suvda erigan, loyqa holatda makro- va 
mikroelementlar madaniy ekin dalalariga tarqaladi. Yil sayin yerni 
haydash, o‘g‘itlash, sug‘orish natijasida surunkasiga qalinlashib boradigan 
agroirrigatsion qatlam hosil bo‘ladi. Masalan, Zarafshon daryosi yil 
mobaynida 4,5 mln. tonna yer mahsulotini bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chiradi. Buning hisobiga 359 gektar yerdan bir metrli qatlam hosil 
bo‘lish mumkin. Daryo suvlari tarkibidagi erigan moddalar 828 tonna 
bo‘lib, shundan 250 ming tonna kalsiy, 33 tonna magniy, 25 tonna kaliy, 
21 tonna natriy, suvda eriydigan chiqindi 33 tonna, azot 1,5 va fosfor 1,25 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
36 
tonnani tashkil qiladi (Molodtsov, 1958). Natijada, 2-3 metr qalinlikdagi 
suv keltirmalaridan iborat agroirrigatsion tuproq qoplami hosil bo‘ladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling