Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Yer yuzasidagi quruqlikning suv bilan tahminlanishi va tuproq paydo


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Yer yuzasidagi quruqlikning suv bilan tahminlanishi va tuproq paydo 
bo‘lishi xususiyatlari (M.M.Budiko, 1968) 
Iqlim hududlari 
Yillik o‘rtacha 
yog‘in miqdori, mm 
Namlanish 
koeffitsienti (NK) 
O‘rta quruq (superarid) 
10-20 
0,1-0,2 
Quruq (arid) 
50-150 
0,3-0,5 
Mo‘tahdil quruq (semiarid) 
200-400 
0,5-0,7 
Namli (gumid) 
500-800 
1,0 
Ortiqcha namli 
1500-2000 
1,2-1,5 
Xususan namli (supergumid) 
3000-5000 
1,5-2,0-3,0 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
30 
Tuproqning 20 sm chuqurligigacha va atmosferaning 2 m 
balandligigacha harorat va namlikning faol mavsum va o‘rtacha yillik 
miqdori qishloq xo‘jaligida batafsil o‘rganiladi. 
Tuproq paydo bo‘lishida biologik omilning roli.
Tuproq hosil bo‘lishida asosiy rol o‘ynaydigan omil tirik jonivorlar 
hisoblanadi. Tuproq paydo bo‘lishining boshlanishi mineral substratga 
mikroorganizmlarning qo‘nishi bilan bog‘liqdir. Mayda jonivorlar, 
lishayniklar, suv o‘tlari tog‘ jinslarini yemirib, oliy o‘simliklarning 
rivojlanishi va o‘sishi uchun sharoit yaratib beradi. Dunyo bo‘yicha yirik 
jonivorlarning taxminiy miqdori 10
12
tonna (Vernadskiy, 1960), 
V.A.Kovdaning hisobiga ko‘ra (1983), quruqlikdagi hamma jonivorlar 
hisobiga ko‘ra hosil bo‘ladigan biomassa taxminan 3·10
12
-17·10
12
tonnaga 
teng bo‘lib, jumladan, o‘rmon – 11·10
11
– 11·10
12
, o‘tlar - 11·10
11

hayvonlar - 11·10
9
KD ga tengdir. 
O‘simlik qoplami mintaqalar bo‘yicha turli miqdorda tarqalgan 
bo‘lib, bir necha guruhlarga yoki fitotsenozlarga bo‘linadi. Har bir 
o‘simlik guruhiga mos mahlum turdagi mikroorganizmlar mavjid. 
O‘simlik formatsiyasi daraxtlar, dasht va cho‘l o‘simliklariga bo‘linadi. 
Hali 
madaniy 
o‘simliklar 
formatsiyasi 
ajratilmagan. 
O‘simlik 
formatsiyalari biomassasi, kimyoviy tarkibi, tuproq massasiga ta’siri ham 
turlichadir. Tuproq organik miqdori gumus hosil bo‘lishi va to‘planishi 
o‘simlik xazonining turiga va tarkibiga bog‘liq. O‘simlik tarkibi N, C, O, 
H dan tashqari 70 dan ortiq makro- va mikroelementlar, kislotalar, yog‘lar, 
smolalar, oshlovchi moddalardan tashkil topgan. O‘simlikning vegetativ 
organlarida yuqoridagi qayd qilingan moddalar turli darajada tarqalgan. 
O‘simlikning yog‘och qismida sellyuloza 60 % dan ko‘proqdir. 
Daraxt bargida va o‘tlar tarkibida bu moddaning miqdori kam 
bo‘ladi. Shuning uchun o‘simlik formatsiyalari ostida turli toifadagi 
tuproqlar hosil bo‘ladi. Masalan, o‘rmon o‘simliklari formatsiyasi ostida 
podzol, dasht o‘simliklari tagida esa qora tuproqlar hosil bo‘ladi. Bu 
tuproqlar kimyoviy tarkibi, xossa va xususiyatlari bilan bir-biridan keskin 
farq qiladi (4-rasm). 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
31 
4-rasm. Turli formatsiyaga oid o‘simlik ildizlarining tuproq profilida 
tarqalishi. 
O‘rmon qiyining hosil bo‘lishi, tarkibi nina va keng bargli 
o‘rmonlarda turlicha bo‘ladi. Gumus hosil bo‘lish jarayoni nina bargli 
o‘rmonlarda sekin rivojlanadi. O‘rmon qiyidan gumus hosil bo‘lishida 
zambrug‘lar faol ishtirok etadi. O‘rmon ostida yuviladigan suv rejimida 
podzol tipdagi tuproqlar paydo bo‘ladi. Gumus hosil bo‘lishi fulg‘vat 
tipiga mansub bo‘lib, podzol tuproqlar kam gumusli hisoblanadi. Keng 
bargli o‘rmonlar ostida gumus hosil bo‘lishida daraxt yaproqlari, o‘t-
o‘simliklarning tanalari qatnashib, gumus fulg‘vat tipiga mansub bo‘ladi. 
O‘t-o‘simliklar rivojlangan dashtlarda hosil bo‘lgan chimning yil sayin 
chirishi natijasida gumusga boy qora tuproqlar hosil bo‘ladi. Bo‘z 
tuproqlar mintaqasida ham chim hosil bo‘lib, tuproqning yuza qatlamida 
gumus to‘planadi va asosan, gumat tipiga mansub bo‘ladi. Biroq uning 
miqdori qora tuproqlardan bir necha marta kam bo‘ladi. 
Cho‘l mintaqalarida o‘simlik qoplami kam miqdorda bo‘lganligi 
tufayli gumus 1% dan kam to‘planadi. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida 
o‘simliklardan tashqari ko‘p miqdorda umurtqali va umurtqasiz hayvonlar 
faol ishtirok etadi (5-rasm). Ular o‘lchamiga binoan 4 guruhga bo‘linadi:
a) mikrofauna – o‘lchami 0,2 mm dan kichik bo‘lgan organizmlar; 
b) mezofauna – o‘lchami 0,2-4 mm gacha bo‘lgan organizmlar; 
v) makrofauna – o‘lchami 4-80 mm gacha bo‘lgan organizmlar; 
g) megafauna – o‘lchami 80 mm dan katta bo‘lgan organizmlar. 
Yuqorida ko‘rsatilgan organizmlar tuproqdagi organik moddalarni 
parchalashda tuproqning yumshashi va uning suvi, hajmini yaxshilovchi 
kovakchalar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
32 
5-rasm. Tuproq tirik biotasining tarkibi va ulushi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Hayvonot qoldiqlari chirib, tuproq gumusi tarkibiga qo‘shiladi. 
Tuproqda yashovchi jonivorlar ichida umurtqasizlar ko‘pchilikni tashkil 
qiladi. Ularning biomassasi umurtqalilar biomassasiga nisbatan ming 
martagacha ko‘proqdir.(5-rasm). 
Yomg‘ir chuvalchanglarining miqdori har gektariga 1,2 mln. 
donagacha bo‘lishi mumkin. Tuproq tarkibidagi organik va mineral 
moddalarni yomg‘ir chuvalchanglari o‘z oshqozonidan o‘tkazib, uni 
donachalarga aylantiradi (Darvin, 1882-yil).
N.A.Dimo mamlakatimiz tuproqlarida chuvalchang, termitlar va 
boshqa organizmlar faoliyatini chuqur o‘rganib, 1 gektar yerdan 
chuvalchanglar o‘z ichagidan 500-600 tonna tuproqni o‘tkazib, 60-70 yil 
davomida 1 metr qalinlikdagi tuproqni qayta ishlashi mumkin. Har bir 
gektar tuproqda chuvalchang kaproliti 25 tonnani 1 yilda ishlab chiqarishi 
aniqlangan 
(6-rasm). 
Tuproq 
mahsulotlarini 
qayta 
ishlashda 
chumolilarning roli katta bo‘lib, ular o‘simlik ildizlari, tanalari va tuproqni 
aralashtirib g‘ovakchalar hosil qiladi. 
6-расм. Тупроқдаги ёмғир чувалчанглари фаолияти 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
33 
Tuproq va uni hosil qiluvchi yotqiziqlar mahsulotini qayta ishlab, 
aralashtirishda 
yer 
qazuvchi 
hayvonlarning 
roli 
kattadir. 
Mikroorganizmlar ham tuproqdagi mineral va organik moddalarni 
parchalab, o‘z tanalari gumusli plazma, oksid aminokislotalar bilan 
boyitadi. Mikroorganizmlar miqdori 1 gektar yerda 5 tonnagacha yetishi 
mumkin. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling