5. Suvda eriydigan minerallar,
asosan, cho‘kindi jinslarda va
tuproqda keng tarqalgan. Ularga karbonatlarning kalsiy, magniy, natriy,
kaliy birikmalari kiritilgan. Kalsiy, lyublyunit va aragonitlar – CaCO
3,
dolomit - CaCO
3
·Mg CO
3
, kam eriydigan sodalar Na
2
CO
3
·10H
2
O, natriy
bikarbonat NaHCO
3
·Na
2
CO
3
·10H
2
O, sulg‘fat kislotasining tuzlari gips –
CaSO
4
·2H
2
O, yarimgidrat – CaSO
4
·0,5H
2
O, angidrid – CaSO
4
, mirabilit –
Na
2
SO
4
·10H
2
O, tenardit - Na
2
SO
4
, xloridlar esa gallit – NaCl dan iborat
bo‘ladi.
Bundan tashqari, tuproqda vivianit - Fe
3
(‘O)
2
·8H
2
O, botqoq
tuproqlarida uchraydi. Yuqorida aytib o‘tilgan mineral tuzlar sho‘r
tuproqlarda ko‘p miqdorda uchraydi. Birlamchi minerallar tuproq yoki tog‘
jinsidan qilingan shaffof shliflarda binokulyar lupa yoki polyarizatsion
mikroskoplar yordamida o‘rganiladi va miqdori o‘lchanadi.
Birlamchi minerallar tuproq zarrachalarining o‘lchami va solishtirma
og‘irligiga binoan og‘ir va yengil fraksiyalarga ajratiladi. Bu jarayon,
asosan, 2,7-2,8-2,9 solishtirma og‘irlikka ega bo‘lgan bromoform (Tule)
eritmasi yordamida amalga oshiriladi. Birlamchi minerallar tuzilishi,
kristalloximik tarkibiga binoan tuproq hosil bo‘lish jarayonida yemiriladi,
maydalanadi va yirik zarrachalar tarkibini karbonatlar, temir, alyuminiy va
kremniy oksidlari bilan tuproqni boyitadi.
Sinov savollari:
1. Birlamchi va ikkilamchi minerallar qanday paydo bo‘ladi?
2. Ularni o‘rganish usullari qanday?
3. Tuproqning fizik-mexanik xossasi va unumdorligiga minerallarning
ta’sirini tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: |