Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Oltingugurt
oqsil moddalar va efir moylari tarkibiga kiradi. 
Tuproqda oltingugurt 0,1% dan oshmaydi, asosan, biologik yo‘l bilan 
to‘planib, yuza qatlamlarda 3% dan oshib borishi kuzatiladi. Oltingugurt 
tuproqda fosfatlar, sulg‘fidlar va organik moddalar tarkibida bo‘ladi. Ular 
parchalanib, kaliy, natriy, kalsiy, magniy sulg‘fitlarni tashkil qilib, quruq 
iqlimli tuproqlarda to‘planib, ularni turli darajada sho‘rlantirishi mumkin. 
Sanoat chiqindilari bilan ifloslangan tuproqlarda harakatchan oltingugurt 
miqdori oshib ketadi. 
Tuproqdagi o‘simliklar va hayvon organizmi uchun nihoyatda oz 
miqdorda zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar mikroelementlar deyiladi. 
Ularga: bor (V), marganes (Mn), molibden (Mo), mis (Su), rux (Zn), 
kobalg‘t (So), yod (J), ftor (F) singarilar kiradi. 
Mikroelementlar
o‘simlik, hayvon va odam organizmi faoliyatida 
fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Ular fermentlar, 
gormonlar va vitaminlar tarkibiga kiradi. Mikroelementlar tuproq tarkibida 
yalpi va harakatchan holatda bo‘ladi. 
Mikroelementlar tuproq tarkibiga uni hosil qiluvchi jinslar birlamchi 
va ikkilamchi minerallar yoki organik moddalardan meros qilib olinadi. 
Tuproq tarkibida mikroelementlarning yetishmasligi yoki mehyoridan 
ko‘pligi tufayli o‘simlik, jonivorlar va inson organizmida turli kasalliklar 
kelib chiqaradi. Tuproq tarkibida mis yetishmasa, o‘simliklarda oqsil 
sintezi pasayadi va hosil kamayb ketadi. 
Rux
o‘simliklarning nafas olish va fermentativ faolligini 
kuchaytiradi. Rux tanqisligi natijasida o‘simliklarda oqsil tez parchalanadi.
Bor
elementi o‘simliklardagi uglevodlar almashinuvida va gulning 
changlanishida katta rol o‘ynaydi. 
Molibden
o‘simliklarning azot almashinuvida va fermentlar 
faolligini oshirishda ishtirok etadi.

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling