Oltingugurt
oqsil moddalar va efir moylari tarkibiga kiradi.
Tuproqda oltingugurt 0,1% dan oshmaydi, asosan, biologik yo‘l bilan
to‘planib, yuza qatlamlarda 3% dan oshib borishi kuzatiladi. Oltingugurt
tuproqda fosfatlar, sulg‘fidlar va organik moddalar tarkibida bo‘ladi. Ular
parchalanib, kaliy, natriy, kalsiy, magniy sulg‘fitlarni tashkil qilib, quruq
iqlimli tuproqlarda to‘planib, ularni turli darajada sho‘rlantirishi mumkin.
Sanoat chiqindilari bilan ifloslangan tuproqlarda harakatchan oltingugurt
miqdori oshib ketadi.
Tuproqdagi o‘simliklar va hayvon organizmi uchun nihoyatda oz
miqdorda zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar mikroelementlar deyiladi.
Ularga: bor (V), marganes (Mn), molibden (Mo), mis (Su), rux (Zn),
kobalg‘t (So), yod (J), ftor (F) singarilar kiradi.
Mikroelementlar
o‘simlik, hayvon va odam organizmi faoliyatida
fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadi. Ular fermentlar,
gormonlar va vitaminlar tarkibiga kiradi. Mikroelementlar tuproq tarkibida
yalpi va harakatchan holatda bo‘ladi.
Mikroelementlar tuproq tarkibiga uni hosil qiluvchi jinslar birlamchi
va ikkilamchi minerallar yoki organik moddalardan meros qilib olinadi.
Tuproq tarkibida mikroelementlarning yetishmasligi yoki mehyoridan
ko‘pligi tufayli o‘simlik, jonivorlar va inson organizmida turli kasalliklar
kelib chiqaradi. Tuproq tarkibida mis yetishmasa, o‘simliklarda oqsil
sintezi pasayadi va hosil kamayb ketadi.
Rux
o‘simliklarning nafas olish va fermentativ faolligini
kuchaytiradi. Rux tanqisligi natijasida o‘simliklarda oqsil tez parchalanadi.
Bor
elementi o‘simliklardagi uglevodlar almashinuvida va gulning
changlanishida katta rol o‘ynaydi.
Molibden
o‘simliklarning azot almashinuvida va fermentlar
faolligini oshirishda ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |