Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob. Tuproqning organik tarkibi
Marganes
o‘simliklarning fotosintez jarayonida ishtirok etib, fermentlar tarkibiga kiradi. Kobalt o‘simliklarda fotosintez jarayonini yaxshilaydi va oqsil almashinuvini tezlashtiradi. Yod ham o‘simlik va hayvonot dunyosining rivojlanishida faol ishtirok etadi, uning miqdori organizmda yetishmasa, buqoq kasalliklarini keltirib chiqaradi. Inson va jonivorlar hayotida ftor yetishmasa, suyak tarkibidagi emal qoplami yemirilib, tishlar tushib ketadi. Mikroelementlar, ya’ni atom og‘irligi 40 dan oshib ketadigan kimyoviy elementlar, og‘ir metallar guruhiga kiritilgan, uning miqdori H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 68 atmosfera, tuproq, suv, o‘simlik va tirik organizmlar tarkibida mehyoridan ko‘payib ketsa, turli kasalliklarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Demak, tuproq tarkibidagi mikroelementlar miqdorini o‘rganib, ularning o‘simlik va hayvonot dunyosiga ijobiy va salbiy tarafini aniqlash katta ahamiyatga ega. Tuproq, o‘simlik, tirik organizmlar tarkibidagi mikroelementlar V.I.Vernadskiy, A.P.Vinogradov, Ya.V.Peyve, V.V.Kovalg‘skiy, V.A.Kovda, V.V.Dobrovolg‘skiy, Ye.K.Kruglova, M.A.Rish, A.M.Yoqubov va ularning shogirdlari tomonidan har taraflama o‘rganilgan. Sinov savollari: 1. Tuproq tarkibidagi mikro va makroelementlarning paydo bo‘lishini tushuntiring? 2. Yalpi va harakatchan elementlar deganda nimani tushuniladi? 3. Tuproqdagi elementlarni aniqlash usullari qanday? 9-bob. Tuproqning organik tarkibi Tuproqdagi organik moddalar tirik organizmlar, mikroorganizmlar, o‘simlik qoldiqlarining chirishidan hosil bo‘lgan spetsifik moddalar yig‘indisidan iboratdir. Tuproqdagi organik moddalar, o‘simlik va hayvonot qoldiqlarining chirishidan hosil bo‘ladi. Birinchi o‘rinda o‘simlik mahsulotlari, ildizlar va qolgan qismini esa tirik jonivorlar qoldiqlari massasi tashkil etadi. Hayvon va mikroorganizmlar qoldiqlari tuproqni oqsil va uning tarkibidagi azot bilan boyitadi. O‘simlik fitomassaning miqdori tundra mintaqasida 150 dan 2500 g/m 2 , o‘simlik ildizlari esa undan 3-4 marta ko‘p. Mikroorganizmlar biomassasi 10-15 g/m 2 , umurtqasiz hayvonlar qoldig‘i 1-3, yer usti umurtqali hayvonlar qoldig‘i esa 0,01 g/m 2 ni tashkil qiladi. O‘rmon mintaqalarida fitomassa 25-40 ming g/m 2 , ildizlar esa yer usti fitomassasadan 3-5 marta kamroq bo‘ladi. Cho‘l mintaqalarida esa o‘t-o‘simliklar fitomassasi 1200 dan 25000 g/m 2 , ildizlar miqdori esa yer yuzasidagi fitomassadan 3-6 marta ko‘proq. CHo‘l mintaqasida, mikrooorgnizmlardan sporali bakteriyalar, aktinomitsetlar miqdori oshib, zambrug‘lar ham ko‘payadi. Bulardan tashqari, bu mintaqa tuproqlarida chuvalchanglar 12-16 g/m 2 ni tashkil qiladi. Sahro mintaqalarida esa fitomassa keskin kamayib, yer yuzi massasi va ildizlar o‘rtasidagi nisbat 1:8 va 1:9 doirasida o‘zgaradi. Demak, turli H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 69 mintaqalardagi fitomassaning miqdori tuproq tarkibidagi oqsil, uglevod, lipid va aromatik moddalar miqdorini belgilaydi. Tuproq tarkibida gumusning hosil bo‘lishi to‘g‘risida bir qancha nazariy va amaliy tushunchalar mavjud. Rus olimi M.V.Lomonosov: ...”vaqt o‘tishi bilan hayvon va o‘simliklar qoldig‘i chirish natijasida gumus hosil bo‘ladi”, deb yozib ketgan. I.G.Valerius gumus g‘ovak, qoramtir rangda bo‘lib, sernamlanganda ko‘pincha bulutsimon holga, quriganda changsimon holatga o‘tadi. Xullas, gumus o‘simlik qoldiqlarining chirishidan, ya’ni parchalanishidan kelib chiqqan deb tushuntiradi. Keyinchalik P.A.Kostochev, S.P.Kravkov, A.G.Trusov tuproq organik qismini turli jonivorlar va mikroorganizimlar yashash sharoitining mahsuli sifatida tushuntiradi. L.S.Mayard laboratoriya sharoitida aminokislotalar va uglevodlar aralashmasidagi gumusga o‘xshash qoramtir moddalarni ajratib oldi. V.R.Vilyams gumus hosil bo‘lishini oliy organizmdagi organik moddalar sintezi, ular nobud bo‘lgach, mikroorganizmlar tomonidan parchalanishdagi galma-gal sodir bo‘ladigan jarayonlar mahsulidir degan xulosaga keladi. Uning tahbiricha, daraxtzor o‘simliklar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan zamburug‘lar, aktinomitsetlar va anaerob bakteriyalar ta’sirida suvda eriydigan kren kislotasi (fulg‘vokislotalar) sintezlanadi. O‘tsimon o‘simliklarga va ularga bog‘liq holda yashaydigan aerob va anaerob mikroorganizmlar ta’sirida gumin kislotasi (qo‘ng‘ir guminlar), dasht o‘tsimon o‘simliklari farmatsiyasi aerob mikroorganizmlari ishtirokida gumin kislotasini hosil qiladi. Tuproq tarkibida gumus moddalarining hosil bo‘lishi ximizmida uch xil yo‘nalish mavjud. Birinchi yo‘nalish o‘simliklar qoldiqlari ximizmi. I.V.Tyurin, 1937; S.Vaksman, 1937; M.M.Kononova, 1951,1964; L.N.Aleksandrova, 1980; A.D.Fokin, 1981. Ikkinchisi esa o‘rmon tushamining morfologik o‘zgarish mexanizmidir. Bunda asosan chirish tezligi (R.E.Myuller, 1897; Ye.Ramann, 1905; G.F.Morozov, 1912; N.P.Remezov, 1958; A.F.Sokolov, 1959; A.F.Chertov, V.S.Shumakov, 1941) o‘rganildi. Uchinchi yo‘nalish – o‘simliklarning chirishida makro va mikroorganizmlar ta’siri (P.A.Kostichev, 1986; V.Ya.Chastuxin, 1949; T.G.Mirchnik, 1976; N.A.Chernova, 1977; B.R.Striganova, 1980) har tomonlama o‘rganganlar. Tuproq tarkibidagi gumus hosil bo‘lishini o‘rgangan bir qator olimlar I.V.Tyurin, M.M.Kononova, S.S.Dragunov, V.V.Ponomaryova, L.N.Aleksandrova, V.Kubiena organik moddalarni tarkibiga binoan uch guruhga bo‘ladi: H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 70 1. Hali chirimagan o‘simlik va hayvon qoldig‘idagi dastlabki moddalar (oqsillar, uglevodlar, ligninlar, yog‘lar va boshqalar). V.Kubiena bo‘yicha dag‘al gumus Moder. 2. Gumusga aylanayotgan oraliq mahsulotlar (aminokislota-oksikislota, fenol, monosaxarid kabilar) V.Kubiena bo‘yicha Moog. 3. Gumus moddalari, gumusning o‘ziga hos spetsifik asosiy qismi bo‘lib, barcha gumusning 85-90 % ini tashkil qiladi. Gumusning o‘ziga xos bo‘lmagan qismi hisoblangan birinchi va ikkinchi guruh organik moddalar gumusning 10-5% ini tashkil qildi, V.Kubiena bo‘yicha myul. Organik moddalarning tuproqda o‘zgarishida, ya’ni chirishida, bakteriyalarning ahamiyati juda katta. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling