Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1. Tuproqning organik tarkibini qanday moddalar tashkil qiladi? 
2. Tuproq gumusi deganda nimani tushunasiz? 
3. Tuproqda gumus qanday paydo bo‘ladi? 
4. Gumusning tarkibi va uning tuproq unumdorligidagi ahamiyati 
qanday? 
5. Tuproqdagi gumusni o‘rganish usullari qanday? 
 
 
10-bob. Tuproqning suv xossalari 
Suvning tuproqdagi ahamiyati juda katta. Birinchidan, u fiziko-
kimyoviy faol tizim, ya’ni tuproqdagi moddalarni erituvchi sifatida, 
ikkinchidan esa, geokimyoviy transport vazifasini bajaradi. 
Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarida, minerallarning yemirilishi, 
yangidan hosil bo‘lishi, gumusning shakllanishi va kimyoviy jarayonlarining 
rivojlanishi, kesmada genetik qatlamlar shakllanishi, tuproqdagi dinamik 
jarayonlarning ketishi bevosita suvga bog‘liq. Suv, tuproqda termoregulyator 
omil sifatida, suv balansi va rejimini belgilab beradi. Bundan tashqari, issiqlik 
balansi va tuproq harorati rejimi ham suvga bog‘liq. Tuproq unumdorligi, 
o‘simlikning rivojlanishida eng muhim omil – namlik suv bilan bog‘liq. 
Tuproqdagi suvning holati, harakati o‘simlikning suv istehmol qilishi, 
suv-fizik xossalari va rejimi A.A.Izmailskiy (1851-1914), G.N.Visotskiy 
(1865-1940), A.F.Lebedev (1882-1936), A.G.Doyarenko (1874-1958), 
S.I.Dolgov (1905-1974), N.A.Kachinskiy (1894-1976), A.A.Rode (1897-
1979) tomonidan o‘rganilib, tuproq gidrologiyasi va gidrofizikasi 
yo‘nalishlariga asos solindi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
74 
Suv tuproqda turli shaklda bo‘lib, uning issiqlik sig‘imi, termodinamik 
potensiali, zichligi, qovushqoqligi, solishtirma sig‘imi, kimyoviy tarkibi, 
molekulyar harakati, uning osmotik bosimiga ta’sir qiladi. Yuqoridagi 
xossalar suvning shakli va tuproqning qattiq, suyuq va gaz holati bilan 
bog‘liq. Tuproqdagi har xil holatdagi suv, uning kategoriyalari va turlari 
degan nom bilan yurgizilib, ko‘p olimlar tomonidan tasnifi ishlab chiqildi. 
A.A.Rode (1965) tomonidan beshta holati ishlab chiqilgan. 
Suv tuproqda muz holatda
bo‘lib, suyuq va bug‘ holatidagi suv, suv 
manbai hisoblanadi. Muz holatidagi suv tuproq haroratining pasayib 
ketishidan hosil bo‘lib, bunday holat qish va kuz faslida ro‘y beradi. Tuproq 
eritmasi mahlum konsentratsiyaga ega bo‘lganligi uchun u 0 
0
S dan pastroqda 
muzlaydi. 
Kimyoviy bog‘langan suv
o‘z ichiga konstitutsion va kristallizatsion 
turdagi suvni oladi. Birinchisi, gidrooksid ON guruhlaridan iborat bo‘lib, 
alyuminiy gidrooksid, temir, marganes, organik va organo-mineral, loyli 
minerallarni hosil qiladi. Ikkinchisi esa, o‘z ichiga suv molekulalarini 
oladigan kristallogidrat tuzlar, ya’ni gips CaSO
4
·2H
2
O,
mirabilit 
Na
2
SO
4
·10H
2
O
tarkibidagi suvdir. Konstitutsion va kristallizatsion suvlarni, 
odatda, gidrat yoki kristallogidrat suv deb umumlashtirish ham mumkin. Bu 
turdagi suvlar tuproq mineral fazasi tarkibiga kiradi, turg‘un, harakatsiz va 
erituvchilik xususiyatidan xolidir. 
Tuproq g‘ovaklari va havosida bug‘simon suv uchrab, uning manbai 
atmosfera havosidir. Bunda suv bosimi yuqori bo‘lgan muhitdan bosimi past 
joyga ko‘chib yuradi. 
Fizik bog‘langan yoki sorbsiya qilingan suv
dipol molekulyar holatda 
suyuq yoki bug‘ holatida tuproq zarrachalari tomonidan yutilishi yoki 
zarrachalar atrofida parda hosil qilishi mumkin. Ular ikkita qattiq va bo‘sh 
bog‘langan parda suvga aylanadi. Qattiq bog‘langan suv deb bug‘ holatidagi 
suvning tuproq zarrachalari tomonidan yutilgan qismiga aytiladi. U 
gigroskopik suv
deyiladi. Yuqori bosim 1-2·10
9
Pa ostida, tuproq zarrachalari 
atrofida yupqa parda hosil qiladi. Bu suv qattiq bo‘lib, uning zichligi 1,5-1,8 
g/sm
3
, muzlamaydi, elektrolitlarni eritmaydi, qovushqoq bo‘lib, uni o‘simlik 
o‘zlashtiraolmaydi. 
Havo qanchalik nam bo‘lsa, tuproq ham shunchalik ko‘p suvni yutadi. 
Tuproq 94-98%da ham atmosferadan suv bug‘larini yutishi mumkin, u 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling