Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet52/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
Sinov savollari: 
1. Tuproqdagi suv qayerdan paydo bo‘ladi? 
2. Tuproqdagi suv shakllarini o‘rganish tarixi va ularning turlari qanday? 
3. Tuproq xossalariga suvning ta’sirini tushuntiring? 
4. Tuproqning suv rejimi nima? 
5. Tuproq tarkibidagi suvni o‘rganish usullari qanday? 
 
 
11-bob. Tuproq eritmasi
Tuproq eritmasi suyuq faza bo‘lib, unda suv, organik va mineral 
moddalar, suvda eriydigan tuzlar, gaz va kolloid zarrachalar uchrashi 
mumkin. V.I.Vernadskiy tuproq eritmasini hayot manbai, biosferaning 
tarkibiy qismi deb baholangan. 
Tuproq eritmasi tabiatini K.K.Gedroys, A.G.Doyarenko, A.A.Shmuk, 
S.A.Zaxarov, A.A.Rode, P.A.Kryukov, N.A.Komarova, Ye.I.Shilova kabi 
olimlar tomonidan har tomonma o‘rganilgan. Tuproq eritmasining asosiy 
manbai atmosfera yog‘inlari, yer osti va sug‘orishda foydalanadigan suvlar 
hisoblanadi. 
Atmosfera yog‘inlari, yer osti va ustidagi suvlar, shudring va boshqa 
suvlar tuproqqa tushib, suyuq faza holatiga o‘tib, o‘simlik ildizlari, tirik 
organizmlar hamda qattiq va suyuq faza bilan eritmalar hosil qiladi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
78 
Gigroskopik va maksimal gigroskopik suv tuproqdagi suvning erimaydigan 
qismini tashkil qiladi, lekin u tuproq eritmasi tarkibiga kirmaydi. 
Tuproq eritmasi kapillyar, qattiq va bo‘sh bog‘langan suvlar 
yig‘indisidan iborat. Tuproq eritmasi bir necha usul bilan ajratiladi. Birinchisi 
suvli so‘rim usuli, 1:5 yoki 1:10, suvda eriydigan tuzlar va oziqa moddalarni 
aniqlash uchun, ikkinchisi esa, eritma xususiyatlarini saqlash maqsadida 
presslar, siqilgan gaz, separatorlar va boshqa suyuq moddalar ishlatib, tuproq 
eritmasi siqib chiqarish uchun. Uchinchi usul – tuproq eritmasini atmosfera 
yog‘inlari yordamida lizimetrlarda to‘plash. Oxirgi to‘rtinchi usul - dala 
sharoitida tuproq eritmasini bevosita elektrodlar ishlatib, potensiometr yoki 
ionometrlar yordamida aniqlashdir. 
Tuproq 
eritmasining 
tarkibi 
bevosita 
atmosfera 
yog‘ini, 
mikroorganizmlar hayoti, yuksak o‘simliklarning rivojlanishi, ildizlar 
tomonidan olinadigan ionlar va birikmalar istehmoli hamda ajratib 
chiqariladigan moddalar miqdoriga bog‘liq. Mineral, organik va organo-
mineral moddalar tuproq eritmasida erigan va kolloid holatda bo‘lishi 
mumkin. Kolloid eritmalar kremniy kislotasi, alyuminiy va temir oksidlari 
hamda organik, mineral, organo-mineral holatda bo‘lib, K.K.Gedroys 
fikricha, u 1/10 yoki 1/4 qismini tashkil qiladi. 
Tuproq eritmasida Ca
2+
, Mg
2+
, Na
+
, K
+
, NH
4
+
, Al
2-
, Fe
3+
, Fe
2+
 
kationlari va HCO
3
-
, CO
3
-
, NO
3
-
, NO
2
-
, Cl
-
, SO
4
--
, H
2
’O
4
-
, H’O
4
--

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling