Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari:
1. “Tuproq eritmasi” tushunchasida ta’rif bering? 2. Tuproq eritmasini aniqlash usullari qanday? 3. Tuproq eritmasining unumdorlikka va tuproq xossalariga ta’sirini tushuntiring? 12-bob. Tuproq havosining xossalari Tuproq g‘ovak massa bo‘lib, suvdan bo‘sh joylar havo va gaz bilan to‘lgan bo‘ladi. Tuproq havosi mikroorganizmlar va o‘simliklar hayoti uchun eng muhim bo‘lib, tuproqdagi bo‘layotgan, rivojlanayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar manbai va ishtirokchisi hisoblanadi. Tuproq sanoat korxonalari tomonidan chiqarib tashlangan zaharli gazlarni o‘z domiga yutib turadi. Tuproq tarkibidagi gazlar va uchib ketuvchi organik moddalar erkin, siqilgan, adsorbsiya qilingan va erigan holatda bo‘ladi. Tuproqdagi erkin holatdagi havo gazlar va uchuvchan organik moddalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, g‘ovakliklarda va atmosfera havosi bilan doimo munosabatda bo‘ladi. Siqilgan gaz tuproq g‘ovaklarida yopiq tizim, ya’ni har taraflama suv bilan H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 80 o‘ralgan holatda joylashgan bo‘ladi. Bunday holatdagi gaz neytral bo‘lib, atmosfera havosi bilan munosabati yo‘q. Tuproq havosi suv o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga ta’sir qilib, harorat, namlik va bosim o‘zgarganda tuproq donadorligining buzilishi va yemirilishiga olib kelishi mumkin. Tuproq zarrachalari tomonidan havo adsorbsiya qilinib, uning miqdori tuproqning dispersligi, mineral va kimyoviy tarkibi, namligi hamda organik birikmalariga bog‘liq bo‘ladi. Havoning tuproq tomonidan yutilishi uning mexanik tarkibiga ham bevosita bog‘liq. Qum loyga nisbatan gazni 10 barobar kamroq yutadi. Adsorbsiya qilingan havo miqdorini G.Lyungmer tenglamasi yordamida hisoblash mumkin. ) ( const T C R С Г Г − + = ∞ G ͚ – adsorbent yuzasida yutilgan maksimal miqdor, mg; S - gazning tizimdagi konsenratsiyasi, mg/l; R - emperik koeffitsient; Tuproqda erigan gazlar o‘simliklarning o‘sishi, mikroorganizmlarning yashashi va bir qator fizik-kimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadi. Genri qonuniyatiga asoslanib, 2 , 10 p C ⋅ = λ S - suvda erigan gaz konsentratsiyasi, mg/l; R – gazning tuproq havosidagi parsial bosimi MPa; 10,2 – normal atmosfera bosimi, Mpa; λ – gazning suvda eruvchanlik koeffitsienti, mg/l. Tuproqning qattiq, suyuq, gaz va tirik jonivorlar qismlari doimo muvozanatda bo‘lib, tuproq termodinamikasi va biologik faoliyatining o‘zgarib turishiga olib keladi. Tuproq tarkibidagi havo kesmaning havo-fizik xususiyatlari, havo singdirish sig‘imi, asosan, maksimal havoning miqdori va hajmiga nisbatan % hisobida normal sharoitda havo quruq va buzilmagan holatda ushbu formula orqali hisoblanadi: r yr yx P P P − = , Bu yerda: R ux – umumiy sig‘im; R ur – umumiy g‘ovaklik; ‘ r – gigroskopik namlik, %. Tuproqning havo singdirish qobiliyati uning mexanik tarkibi va strukturasiga bog‘liq. Tuproq tarkibidagi havo miqdori R x namlik, g‘ovaklik va boshqa fizik xossalarga bog‘liq bo‘lib, qo‘yidagi formula bilan hisoblab topiladi: H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 81 w ym x P P P − = ‘ w – tuproqning hajmiy namligi, %. Tuproqning havo o‘tkazish qobiliyati mexanik tarkib, g‘ovaklik va donadorlik bilan bog‘liq bo‘lib, kapillyar bo‘lmagan g‘ovaklik yordamida aniqlanadi. Tuproq havo almashinish qobiliyati, birinchidan, atmosfera sharoiti, harorat, bosim, girdobli (turbulent) harakat va yog‘ingarchilik miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ikkinchidan, u tuproqning fizik xossalari, mexanik tarkibi, donadorligi, zichligi, g‘ovakligi, harorat va boshqa xususiyatlarga bog‘liq. Uchinchidan, gazlarning fizik xossalari - diffuzion tezligi, kesma va yuza qatlamdagi gaz konsentratsiyasi, yerning tortish kuchi hamda gazlarning o‘tishi, qattiq fazada sorbsiya va desorbsiya jarayonlari, tuproq eritmasida erish va degazatsiyaga bog‘liq. To‘rtinchidan, tuproqdagi kation va anionlar almashinishi gaz va suyuq faza bilan modda almashinish hamda oksidlanish- qaytarilish jarayonlariga bog‘liq. Tuproq havosi tarkibidagi gazlar – O 2 , CO 2 , N, NO 2 , CO, H 2 , H 2 S, NH 3 etilen, atsetilen, metan, merkaptan, terpen, fosfin, spirt, efir, organik va anorganik kislotalar bug‘laridan iborat, ular turli miqdorda tarqalgan va tuproqdagi biologik va fizik-kimyoviy jarayonlarni belgilab beradi. V.I.Vernadskiy ta’biri bilan aytganda: “Hozirgi atmosfera havosi biogen jaryonda hosil bo‘lgan, ularning shakllanishida tuproq qoplami va atmosferaning quyi qismidagi havo almashinuvi katta ahamiyatga egadir”. Atmosferadagi havo, asosan, azot, kislorod va karbonat angidriddan iborat bo‘lib, qolgan qismini boshqa gazlar tashkil qiladi. SO 2 miqdori tuproqda atmosferadagi miqdoriga nisbatan o‘nlab, yuzlab va undan ham oshib ketishi mumkin. Tuproq havosining tarkibi mikroorganizmlarning yashash jarayonida, o‘simlikning ildizlari orqali nafas olishi, tirik jonivorlarning nafas olishi va organik moddalarning oksidlanishi natijasida o‘zgaradi. Tuproq havosining o‘zgarishi energetik potensial va biologik faol rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir. Tuproq havosi tarkibidagi asosiy gazlar tuproq va biosferadagi biokimyoviy jarayonlarning kechishida katta ahamiyatga ega. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling