Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktinomitsetlar
Bakteriyalar
ekzofermentlari ta’sirida oqsil, qand, kraxmal, organik kislotalar, spirt, alg‘degid parchalanadi. Fermentlar tabiatiga binoan mahlum turdagi moddalarni tezlik bilan parchalab tashlaydi. Masalan, sellyulozani Cytauphaga, Clostridium, Celvibrio kabi bakteriyalar parchalab, sellyuloza va sellobioza fermentini, kraxmalni Clostridium accectobutilicana, Bacillus subtillis, Bac.mesentericus amilaza va glyukozidaza fermentlarini parchalaydi. Organik moddalarni parchalashda aktinomitsetlar faol ishtirok etadilar. Ular uglevodlar manbai, ksilan, pektin moddalari, sellyuloza, keratin, xitin, yog‘ kislotalar va uglevod zanjirini uzib tashlaydilar. Aktinomitsetlar - juda ko‘p turdagi mikroorganizmlarni o‘z ichiga olib, bakteriya va boshqa zambrug‘lar singari chidamli emas, ya’ni harorat 5-10 0 S va namlik 91,5 - 99 % bo‘lgandagina yaxshi rivojlanib, organik moddalar chirishida faol ishtirok etadi. Zambrug‘lar tuproq tarkibidagi o‘simlik va hayvon qoldiqlarini fermentlar yordamida, tezlik bilan parchalab tashlaydi, biroq ular tezligi jihatidan bakteriya va mikroorganizmlardan keyingi o‘rinni egallaydi. Aromatik organik birikmalar – lignin va taninlarni ular mikroorganizmlarga nisbatan tezkorlik bilan yemirib yuboradi. Tuproqda yashaydigan suv o‘tlari (avtotroflar) organik moddalar hosil qilishda faol qatnashib, ularning hujayrasi amyoba, infuzoriya, kana, nematodlarning oziqa manbai hisoblanadi. Tuproqdagi umurtqasiz hayvonlar kana, chuvalchang, mingoyoq, qo‘ng‘iz, qumursqalar esa organik moddalarni mexanik ravishda aralashtirib, o‘z ichidan o‘tkazib, mikroorganizmlar uchun xom ashyo tayyorlab beradi. Tuproqdagi yashaydigan umurtqali hayvonlar jamiki zoomassaning 2% ini tashkil qiladi, ammo ularning mahsuloti tuproq biologik jarayonlarida faol qatnashadi. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 71 Organik moddalarning parchalanishida fermentlar faol ishtirok etadi, ularning manbai tuproqda yashaydigan tirik mavjudotlardir. Ular oqsil moddalardan iborat bo‘lib, molekulyar massasi 10000 Dalg‘tondan ham qatta, biokimyoviy jarayonlarda katalitik vazifani bajaradi. O‘simlik va hayvon qoldiqlari oqsil, uglevodlar, kraxmal, sellyuloza, lipid va aromatik moddalardan iborat. Tuproqdagi barcha gumus birikmalar, spetsifik va nospetsifik moddalarga bo‘linadi. Organik moddaning 10-15% i nospetsifik moddalardan tashkil topgan, ular azotli birikmalar, oqsil va aminokislotalardan iborat. Oqsillar tirik organizmlar komponenti bo‘lib, aminokislotalardan tashkil topgan polimerlardir. Oqsilda uglerod, vodorod, kisloroddan bo‘lak, azot 15-19%, bor va 0,3-2,4% oltingugurt, fosfor mavjud. Tuproqda oqsillar parchalanib, aminokislotalar, glitsin, alanin, serin, tsistein, treonin, valin, metionin, karbokislota va aminlar hosil qiladi. Uglevodlar tuproqda yashaydigan mikroorganizmlar va umurtqasiz hayvonlarning hayot manbaidir. Uglevodlar monosaxaridlar (glyukoza, fruktoza, mannoza, galaktoza, arabinoza, riboza, ksiloza), oligosaxaridlar 2-4%, polisaxaridlar 11% dan ko‘proq bo‘lib, ular monosaxarid polimerlaridir. Polisaxaridlarga pentozanlar va geksozanlar kiradi. Pentozanlar ksilan va arabanlardan tashkil topgan, geksozanlarga esa glyukoza monomerlari, kraxmal, izolixenin, sellyuloza, polifruktozan, poligalaktan, polimannanlar kiradi. Geteropolisaxaridlarga–sopolimer saxaridlar, ya’ni arabinozalaktan, gemisellyuloza, galaktomannan, glyukomannan, arabinoksilanlar kiradi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling