Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Mikrogazlar tuproqda N 2 O


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Mikrogazlar
tuproqda N
2
O, NO
2
, CO, uglevodorodlar (etilen, 
atsitelen, metan), vodorod, oltingugurt, ammiak, merkaptan, terpen, fosfin, 
spirt, efir, organik va noorganik kislotalar gazlari shaklida bo‘lib, ularning 
miqdori 1*10
-9
-10
-12 
% dan oshmaydi. Bu gazlarning mehyoridan ortiq 
to‘planishi mikrobiologik jarayonlar, organik moddalarning hosil bo‘lishi 
va parchalanishini yomonlashtiradi, mineral o‘g‘itlar, gerbitsidlar va 
atmosferaning texnogen gazlar bilan ifloslanishini keltirib chiqaradi. 
Tuproq havosida mavjud bo‘lgan gazlar balansini o‘rganish orqali 
tuproqda qanday jarayonlar kechayotganligini va ularning intensivligini 
aniqlash mumkin. 
Tuproq 
havosi 
tarkibining 
o‘zgarishi, 
asosan, 
tuproqdagi 
biokimyoviy va mikrobiologik jarayonlar, agrotexnik tadbirlar: yerni 
o‘g‘itlash va sug‘orish kabi texnogen ta’sirlar bilan bevosita bog‘liqdir. 
Tuproq havoning tarkibi va miqdori biokimyoviy jarayonlar ta’sirida sutka, 
oy va yil mavsumlari davomida o‘zgarib turadi. 
Sinov savollari: 
1. Tuproq tarkibida havo qanday paydo bo‘ladi? 
2. Tuproq havosining tarkibi qanday? 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
83 
3. Tuproq havosining tuproq hayotidagi ahamiyatini tushuntiring? 
4. Tuproq havosini o‘rganish usullari qanday? 
 
 
13-bob. Tuproqning singdirish sig‘imi va kolloidlari
Tuproq suyuq, gaz, qattiq va biologik fazadan iborat bo‘lib, ular turli 
o‘lchamdagi mineral va organik zarrachalardan tashkil topgan. Tuproq suyuq, 
gaz va qattiq holatdagi moddalarni yutish (adsorbsiya) xususiyatiga ega. 
Tuproq kolloidlari tomonidan gaz va suyuq holatdagi moddalarni o‘z 
yuzasiga turg‘un yoki almashinuvchi holatda yutishiga uning singdirish 
qobiliyati
deyiladi. Tuproqning singdirish qobiliyati K.K.Gedroys, G.Vigner, 
S.Mattson, Ye.N.Gapon, B.P.Nikolskiy, N.P.Remezov, I.N.Antipov-
Karatayev, A.N.Sokolovskiy, A.F.Tyulin, S.N.Alyoshin, N.I.Gorbunov, 
D.D.Gleriya, F.Kelli kabi olimlar tomonidan har tomonlama chuqur 
o‘rganilgan. 
K.K.Gedroys ta’limotiga binoan tuproqning singdirish qobiliyati 
deganda, tuproq tomonidan moddalarni erigan holatda yoki organik va 
mineral zarrachalar holida, kolloidlar, mikroorganizmlar va yirik 
suspenziyalarni ushlab turish imkoniyati nazarda tutiladi. 
Tuproqning singdirish (yutilish) qobiliyati 5 guruhga bo‘lib o‘rganiladi: 
mexanik, fizik, fizik-kimyoviy yoki almashinuvchi kimyoviy, kimyoviy va 
biologik qismlar. Tuproq tarkibiy qismining singdirish yoki yutish jarayonida 
ishtirok etishi uning singdirish kompleksi (majmuasi) deyiladi va qisqacha 
TSK deb ifodalanadi.Tuproq singdirish kompleksining asosiy qismini tuproq 
kolloidlari tashkil qiladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling