Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


anioanlari  turli miqdorda bo‘ladi.  Tuproq eritmasidagi N


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
anioanlari 
turli miqdorda bo‘ladi. 
Tuproq eritmasidagi N
+
 
va ON
-
ionlari uning kislotalik va ishqoriylik 
muhitini belgilaydi. Tuproq muhiti N
+
ionlari miqdori bilan belgilanib, rN 4 
gacha kislotali, rN 4-7 da neytral, rN 7 dan yuqori bo‘lsa ishqoriy 
hisoblanadi. Tuproqning sho‘rlanish darajasi suvli so‘rim tarkibidagi anionlar 
va kationlar miqdoriga qarab belgilanadi. 
Tuproq meliorativ holati oziqa miqdori va bevosita tuproq eritmasining 
konsentratsiyasiga bog‘liq. P.I.Shavrigin tomonidan suvli so‘rim tarkibidagi 
tuzlar miqdori o‘rganilib, tuproqning sho‘rlanish darajalari aniqlangan. 
Tuproq eritmasi konsentratsiyasi, nam va suv singdirish qobiliyati o‘rtasidagi 
munosabat N.G.Minashina (1970) tomonidan Murg‘ob vodiysi tuproqlari 
misolida aniqlangan. 
V
S
C
1000

=
 
C -
tuproq eritmasidagi zaharli tuzlar miqdori g/l;
S
suvli so‘rim bo‘yicha hisoblangan zaharli tuzlarning quruq tuproq 
vazni hisobidagi miqdori;
V
- eng kam suv sig‘imidan gigroskopik suv olib tashlagandan so‘ng 
qolgan miqdor. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
79 
Tuproq eritmasining osmotik bosimi o‘simliklarning hayotida muhim 
ahamiyatga ega. Tuproq osmotik bosimi sho‘rlangan tuproqlarda yuqori 
bo‘ladi. Ekiladigan yerlarda osmotik bosim 1,37, sho‘rxoklarda 24,40 
atmosfera atrofida bo‘ladi. Agar tuproq osmotik bosimi o‘simlik hujayralari 
osmotik bosimiga teng yoki undan oshib ketsa, o‘simlikka suv o‘tish 
to‘xtaydi. 
Qishloq xo‘jalik ekinlari ildizlarining so‘rish kuchi 100-120 MPA dan 
oshmaydi. Agar tuproq eritmasining konsentratsiyasi 20-50 g/l bo‘lsa, 
osmotik bosim 150-260 MPA dan oshadi va namning o‘simlikka o‘tishi 
to‘xtaydi. 
N.G.Minashina va G.A.Kochetkov ma’lumotlariga qaraganda sulfatli 
sho‘rlangan qumli tuproqlarda o‘simliklarga suv o‘tishi qiyin bo‘lishi 
osmotik bosim 150 MPA, xloridli sho‘rlanishda esa 260 MPA bo‘ladi. 
V.A.Kovda ma’lumotlariga ko‘ra, g‘o‘zaning o‘sish jarayoni tuproq 
eritmasi konsentratsiyasi 12 g/l bo‘lganda boshlanadi, 12-25 g/l da qiynalib 
o‘sadi, 25 g/l dan oshganda esa g‘o‘za nobud bo‘ladi. 
I.Jismuradov ma’lumotlariga ko‘ra, Buxoro viloyati sharoitida tuproq 
eritmasining bosimi 1 atm. bo‘lganda chigit yaxshi o‘sib chiqadi, 3-5 
atmosferada pasayadi, 10-15 atm. (eritma konsentratsiyasi 31-39 g/l) 
bo‘lganda, g‘o‘za qurib qoladi. S.N.Rijov ma’lumotlariga ko‘ra, tuproq 
eritmasi konsentratsiyasi 30 g/l dan oshganda g‘o‘za nihollari nobud bo‘ladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling