Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

maksimal gigroskopik suv
deyiladi. Gigroskopik suvning miqdori tuproqning 
mexanik va mineralogik tarkibiga bog‘liq. Tuproq zarrachalarining (MG
maksimal gigroskopik namlikdan yuqori suyuq pardali suvni ushlab turish 
qobiliyati g‘ovaklikdagi namligi leyiladi, uning miqdori 7-15 % va loyli og‘ir 
tuproqlarda esa, u 30-35 % gacha yetishi mumkin. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
75 
Tuproq zarrachalarining maksimal gigroskopik namlikdan yuqori 
namlikni so‘rish qobiliyatiga pardali yoki bo‘sh bog‘langan suv deyiladi. 
Uning bog‘lanish darajasi (1+10) ·10
5
Pa. Bunday bo‘sh bog‘langan suv 
harakatchan bo‘lib, 7-15 %, u mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarda 30-35 %, 
qumlarda esa 3-5 %. 
Tuproq zarrachalarining tortish kuchidan holis bo‘lgan suv erkin suv 
deyiladi va u ikki xil: kapillyar va gravitatsion holatda bo‘ladi. Kapilyar suv 
tuproqda turli shakl va o‘lchamdagi g‘ovaklardagi suv bo‘lib, u menisk 
kuchlari tufayli ushlanib turadi. Bunday suv suyuq bo‘lib, tuz va boshqa 
moddalarni eritib, harakatchanligi tufayli tuproq yuzasida va kesma 
qatlamlarida suv va tuz to‘plashi mumkin. Kapillyarlar osilgan yoki tirqalgan 
holatda bo‘lishi mumkin. Kapillyar suv tuproq tuzilishi va holatiga binoan, 
gravitatsion singib o‘tadigan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, bunday suv 
tuproq kesmasining pastki qatlamlarida sizot suv sifatida yig‘ilgan va 
oquvchan holatda uchraydi. 
Tuproq tarkibidagi suvning holati va shakllari (kategoriyalari) ga 
binoan adabiyotda 6 xil shakli ajratildi: 
1. Kimyoviy bog‘langan suv 
2. Bog‘simon suv 
3. Gigroskopik suv 
4. Pardali suv 
5. Kapillyar suv 
6. Gravitatsion suv. 
Kimyoviy birikkan suv
tuproq tarkibining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, 
tuproq qizdirilganda (100-800
0
gacha) ajralib chiqadigan suv bo‘lib, 
o‘simliklar o‘zlashtira olmaydigan holatdadir. Sorbilangan suv ikki xil – 
gigroskopik va pardali suvga ajratilgan, birinchisi tuproq tarkibi qattiq 
bog‘langanligi tufayli o‘simlik o‘ziga ololmaydigan holatda bo‘ladi. Pardali 
suv o‘simlik ildizlari orqali qisman singib o‘tishi mumkin, ammo tuproq 
qatlamida tez harakatlanishi va boshqa shakldagi suvga o‘tish sababli, 
o‘simliklarni bevosita suv bilan kam tahminlaydi. Sizot suvlarining satxiga 
binoan o‘simliklar undan foydalanadi. Bug‘simon suvning harakati tuproq 
harorati, g‘ovakligi, zichligi va mexanik tarkibi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘simlik 
ildizlari yuzasida kondensanlanib foydalanishi mumkin. Qattiq suv 0
0
dan 
past haroratda hosil bo‘lib muzlaydi, natijada, o‘simlik undan 
fyodalanaololmaydi. Tuproq suv xossalariga suvni ushlab, saqlab turish 
qobiliyati, nam sig‘imi, suv o‘tkazuvchanligi va suv ko‘taruvchanlik 
qobiliyati kiradi. 
Suvni tuproq qatlamida oqib ketishidan va namlikni ushlab turish 
qobiliyati, ya’ni namlik sig‘imi suvning ushlab turish qobiliyati deyiladi. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
76 
Tuproqning mahlum kuchlar ta’sirida suvni ushlab turish qobiliyati namlik 
sig‘imi deyiladi. Ular maksimal adsorblangan nam sig‘imi, maksimal 
molekulyar nam sig‘imi, kapillyar nam sig‘imi, eng kam yoki dala nam 
sig‘imi va to‘liq maksimal nam sig‘imlariga ajratilgan. 
Tuproq zarrachalari yuzasida yutish kuchlari ta’sirida eng ko‘p suvni 
ushlab turish qobiliyatiga maksimal adsorbilangan nam sig‘imi deyiladi. Bu 
namlik tuproqdagi mustahkam adsorbilangan suv miqdoriga to‘g‘ri keladi. 
Molekulyar tortish kuchlari ta’sirida tuproq yuzasida ushlab turilishi 
mumkin bo‘lgan bo‘sh birikkan (pardali) suvning yuqori chegarasidagi 
miqdori maksimal molekulyar nam sig‘imi deyiladi. Bu qattiq tuproq mexanik 
tarkibi bilan bog‘liqdir, qum tuproqlarda uning miqdori 5-7%, sozlarda esa 
25-30% 
dan 
oshmaydi. 
Bu 
o‘lcham 
muhim 
tuproq-gidrologik 
ko‘rsatkichlardan hisoblanadi. Tuproqdagi mavjud nam miqdori va maksimal 
molekulyar nam sig‘imini taqqoslab o‘simlikka o‘tadigan foydali suv 
zahirasini aniqlash mumkin. Faktik namlik maksimal molekulyar nam 
sig‘imidan ko‘p bo‘lgan taqdirda foydali suv zahirasi ko‘p, teng bo‘lganda 
esa suv zahirasi deyarli bo‘lmaydi. 
Suvli qatlam ustida joylashgan tuproq qatlami (kapillyar qayma) 
chegarasida ushlanib turishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p hajmli kapillyar 
tiralgan suv miqdori kapillyar nam sig‘imini tashkil etadi. Kapillyar nam 
sig‘im tuproq g‘ovakligi, sizot suvining sathi bilan bog‘liq, sizot suvlari yer 
yuzasiga yaqin bo‘lsa, kapillyar qayta sernamlanadi va bu toifadagi namlik 
yuqori bo‘ladi. 
Sizot suvlarining oqib ketishi natijasida tuproqda ushlanib turadigan 
kapillyar muallaq namlikning eng ko‘p miqdori nam sig‘imini tashkil etadi. 
Bu kattalik og‘ir mexanik tarkibli donador tuproqlarda 30-35%, qum 
tuproqlarda esa 10-15% dan oshmaydi. Eng kam sig‘imli tuproqni tuzlardan 
yuvish, sug‘orish mehyorlari va muddatini ishlab chiqish uchun kerak. Bu 
hajm nam tuproqda 70-80% oralig‘ida bo‘lishi kerak. SHu eng past nam 
sig‘imiga qadarli namlangan tuproq 1 m li qatlamning 1 gektaridan foydali 
nam zahirasi qum tuproqlarda 700-1100 m
3
, qumoq yengil va o‘rta qumoq 
tuproqlarda 1200-1700 m
3
, og‘ir qumoq, soz tuproqlarda 1500-2100 m
3
ni 
tashkil qiladi. 
Tuproqning barcha g‘ovakligi tomonidan ushlanib qolinadigan namlik 
to‘liq nam sig‘imi
deyiladi. Bu kattalik tuproqda o‘rtacha 40-50 %, ammo 80 
% dan oshishi va 30 % dan kamayishi mumkin. 
Tuproq qoplamini yuzadan tortib, to pastgacha maksimal suvni qabul 
qilib olish va o‘tkazib yuborishi suvining o‘tkazuvchanlik holati deyiladi. 
Suv ushlab qolish va o‘tkazuvchanlik qobiliyati (filgtratsiya) mm/soatda 
o‘lchanadi, u 30 mm dan, to 1000 mm gacha bo‘lishi mumkin. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
77 
Tuproqning suv ko‘tarish qobiliyati kapillyar kuchlar ta’sirida pastdan 
yuqori tomon ko‘tarilishi jarayoni qumli tuproqlarda 0,5-0,7 m, qumoqlarda 
2,5-3,0 m, og‘ir tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi. 
O‘simlik uchun suv moddalar almashinishi, shakllanishi va 
transpiratsiya uchun kerakdir. O‘simlikka tuproqdan o‘tadigan suv samarali 
namlik
deyiladi. 
A.A.Rode o‘simlik uchun qulay tuproqdagi suvning kategoriyalarini 
ko‘rsatuvchi, ya’ni o‘zlashtirilmaydigan zahira, o‘zlashtirish juda qiyin, 
o‘rtacha, oson bo‘lgan suvlarni ajratadi. Gravitatsion va kapillyar suvlar oson 
o‘zlashtiriladigan, gigroskopik, maksimal gigroskopik, kimyoviy bog‘langan 
suvlar tuproqning foydasiz suvlarini tashkil qiladi. Tuproqning o‘simliklar 
barqaror so‘liy boshlaydigan namlik darajasiga so‘lish namligi yoki so‘lish 
koeffitsienti
deyiladi. Qumli tuproqlarda so‘lish namligi 1-3%, qumli va 
yengil qumli tuproqlarda 3-5, o‘rtacha va og‘ir qumli tuproqlarda 6-12%, soz 
tuproqlarda 12-18% dan 30% gacha bo‘ladi. 
Tuproq tarkibidagi suv va namlik darajasi dala, kuzatuv va laboratoriya 
sharoitida aniqlanadi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling