Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Tuproq kolloidlarining tarkibi va hosil bo‘lishi


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Tuproq kolloidlarining tarkibi va hosil bo‘lishi
. Tuproq tarkibidagi 
kolloidlar kelib chiqishi va tarkibi jihatidan mineral, organo-mineral, organik 
turlarga ega. Organik tabiatli kolloidlarga o‘simlikning to‘qimalari ham 
kiritilgan. Tuproq tabiatidagi mineral kolloidlar, asosan, birlamchi va 
ikkilamchi minerallarning yemirilishidan hosil bo‘ladi. Ammo magmatik tog‘ 
jinslari yemirilishidan hosil bo‘lgan zarrachalar tabiatida kolloidlar juda kam 
miqdorni tashkil qiladi. Faqatgina kvars minerali tog‘ jinslari yemirilib, 
mayda dispers zarrachalar hosil bo‘lishida ko‘plab kolloidlar holatida bo‘lishi 
mumkin. Mineral kolloidlar tarkibida smektit, beydellit, vermikulit, illit, 
kaolinit, temir, alyuminiy, kremniyning amorf holatidagi gidrooksidlarni 
tashkil qiladi. Amerika Qo‘shma Shtatlari qo‘ng‘ir tuproqlarning 2-02 mk 
kolloidlar tarkibida kvars, illit, kaolinit 0,2-0,08 mk esa, asosan, illit va 
kaolinit bo‘lib, kvars miqdori juda kamayib ketadi (Penington, Djekson, 
Dyushofur, 1965). Mineral holatdagi kolloidlar tuproq tarkibida birlamchi 
minerallarning nurashi, maydalanishi, yangi moddalar hosil bo‘lishidan 
hamda erigan birikmalarning polimerizatsiyasi va kondensatsiyasidan paydo 
bo‘ladi. 
Organik va mineral kolloidlar tuproqda erigan organik va mineral 
moddalarning o‘zaro munosabati polimerizatsiyasi va eritmadan cho‘kmaga 
tushishi jarayonida hosil bo‘ladi. Organik kolloidlar gumus va uning 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
86 
birikmalaridan hamda o‘simlik hujayralarining po‘stlog‘i, mayda ildizlarining 
uchlari, zamburug‘, bakteriya to‘qimalari, fermentlarning makromolekulalari 
tashkil qiladi. 
Tuproqdagi dispers moddalar toifalari, asosan, yirik dispersli 
suspenziyalar - gidrozollar va gidrogellardan iborat bo‘ladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling