Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Suspenziyalar
tuproq eritmasi va sizot suvlarida muallaq erigan holatda bo‘lib, o‘lchami 0,24-0,30 mk ni tashkil qiladi. Tuproq suspenziyasi odatda g‘ovaklar va yoriqlar devorlariga cho‘kib tushadi. Sug‘oriladigan suv tarkibida ham suspenziyalar organik moddalar, loy, chang va mayda qum zarrachalari sifatida loyqalarni hosil qiladi. Suv loyqalari sug‘orish shohobchalari - kanallar, ariqlar va jo‘yaklarda cho‘kib qoladi. Gidrozol sifatida kolloidlar tuproq tarkibida kam uchraydi. Gidrozollar yomg‘ir yog‘ganda, qor eriganda, sizot suvlarning ko‘tarilishi va sug‘orish natijasida paydo bo‘ladi. Tog‘ jinslari tarkibidagi birlamchi minerallarning yemirilishi natijasida tuproq eritmasida temir va alyuminiy oksidlari hamda kremniyning ishqorli turg‘un birikmalari hosil bo‘ladi. Tuproq eritmasi va sizot suvlari ishqoriy muhitda (rN 8,5) organo-mineral, gumus va kremniy kolloidi (SiO 2 ·nH 2 O) harakatchan gidrozol holatiga o‘tadi. Gidrozollar suspenzoid va emulsoid holatda bo‘ladi. Tuproqdagi suspenziyalar mayda dispers kaolinit, kvars va illit minerallarining zarrachalaridan iborat bo‘lib, tezlik bilan koagulyatsiyaga uchraydi. Tuproqdagi emulsoidlarga ammoniy va natriyli gummatlar, kremniy oksidi va ishqoriy eritmalar shaklida uchrab, ancha turg‘un amorf holatda bo‘ladi. Emulsoid kolloid birikmalari suvga nisbatan gidrofil, ammo suspenzoidlar gidrofob hisoblanadi. Bu toifadagi kolloidlar tuproq kesmasida elyuvial, illyuvial va akumulyativ yaralmalardan iborat qatlamlarni hosil qiladi. Gidrogellar tuproq tarkibida gumat, kremniy, temir, alyuminiy gidrooksidlari sifatida amorf holatda bo‘lib, koagulyatsiyaga uchrab allofanoidlarni hosil qiladi. Amorf holatdagi organik va organo-mineral gellar tuproq agregatlari, birlamchi minerallar, zarrachalar yoriqlarini qoplab, yupqa pardalar hosil qiladi. Mineral tuproq gellari va koagellari yashirin kristallik holatiga o‘tishi mumkin. Agar tuproq tarkibida smektit minerallari va amorf holatdagi kremniy birikmalari uchrasa, kesma qatlamida amorf- kriptokristallik gellar hosil bo‘ladi. Tuproq kolloidlari gidrofil mineral, organo-mineral, organik holatda bo‘lib, qurigandan keyin poligonal yorilgan taqirli qatlamlarni hosil qiladi. Bu toifadagi kolloidli tuproqlar namlanishi tufayli hosil bo‘ladi va suv o‘tkazuvchanligi kamayib, qovushqoqlik holati kuchayib ketadi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling