H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik
84
organik moddalar, pestitsidlar singdirilishi hozirgi paytda yaxshi o‘rganilgan.
Fizik yutilish
deganda, K.K.Gedroys tuproqning xlorid va nitrat
birikmalarining salbiy singdirilishini nazarda tutgan edi.
Fizika-kimyoviy singdirish qobiliyati
deganda K.K.Gedroys tuproq
qattiq fazasi kationlarini ekvivalent miqdorda tuproq eritmasidagi
kationlariga almashish
xususiyatini nazarda tutib, ular quyidagi sxemada
ifodalanadi:
Ca
[TSK] Mg +5KCl [TSK] 5K + CaCl
2
+ MgCl
2
+ HCl
H
Fizik-kimyoviy singdirish qobiliyati tuproq tomonidan ion almashinish
yoki kationlarning ekvivalent miqdorda yutilishi va qaytarilishidir, degan edi
K.K.Gedroys. Tuproqlarda almashinmaydigan kationlar singdirilishi ham
keng tarqalgan bo‘lib, kaliyni ammoniyga, stronsiyni seziyga, kalsiy, magniy
va vodorod ionlarini almashganda ro‘y beradi.
Minerallar tarkibida
almashinmaydigan kationlar singdirilishi oktaedrdagi Al
3+
ni Mg
2+
, Fe
2+
Zn
2+
yoki Li
+
almashgan taqdirda amalga oshishi mumkin. Anionlar hajm
almashinib singdirilishi (sorbsiya) nordon tuproqlarda organik,
metall
oksidlari va amfolitoidlar ko‘p bo‘lgan joylarda amalga oshishi mumkin.
Ba’zi bir loyli minerallardagi gidrooksil birikmalarning fosfat ionlari bilan
katta almashinishi qayd etilgan. Agar tuproqda gidrooksidlar ko‘p bo‘lsa,
unda kationlar bilan bir qatorda Cl
-
, NO
3
-
, SO
4
2-
anionlari ham almashinishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: