Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karbonat angidrid
Molekulyar azotni
tuproq havosida aniqlash bilan uning miqdorini genetik qatlamlar bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risida fikr yuritish yaramaydi. Biroq tuproq tarkibidagi O 2 va SO 2 ni aniqlash natijasida azot atmosfera havosida kamroq, tuproq tarkibida esa ko‘proq ekanligini tasdiqlash mumkin. Tuproq havosidagi molekulyar N 2 O va NO 2 ni aniqlash azotfiksatsiya, nitrifikatsiya va denitrifikatsiya jarayonlari va dinamikasini o‘rganish uchun katta ahamiyatga ega va bundan tashqari, tuproqdagi azotning atmosferaning H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 82 yuqori qismidagi ozon qatlamiga ta’sirini belgilashda juda muhim rol o‘ynaydi. Kislorod atmosfera, o‘simlik va tirik jonivorlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Tuproq tarkibida kislorod serob bo‘lgan joyda aerob mikrobiologik jarayon avj oladi. Kislorod yetishmagan tuproqlarda o‘simlik ildizlarining rivojlanishi susayadi, barcha o‘sayotgan nihollar quriydi. Zararli mikroorganizmlar rivojlanib, o‘simlik ildizlari chiriydi. Tuproq tarkibida kislorod 2,5%ga yetganda anaerob mikrobiologik jarayon avj oladi. Tuproqda kislorod yil mavsumlarida o‘zgarib, 21 % gacha bo‘lishi mumkin. Karbonat angidrid (SO 2 ) atmosferada 90% ni tashkil qilib, tuproqdagi o‘simliklarning nafas olishi va chirishi natijasida hosil bo‘ladi. Atmosferadagi azot fotosintez jarayonini 50-100 % gacha oshirishi mumkin, ammo tuproq havosida SO 2 3% dan oshsa, o‘simlikning rivojlanishi, urug‘ining unib chiqish va uning hujayrasining suv bilan tahminlanishini pasaytirib yuboradi. Karbonat angidridga boy suvlar tuproq tarkibidagi qiyin eriydigan kalsit (SaSO 3 ), dolomit (SaSO 3 ·Mg SO 3 ) , magnezit (MgSO 3 ), siderit kabi tuzlarning erishini tezlashtiradi. Tuproq tarkibidan SO 2 ni olib chiqib ketish jarayoni dekarbonizatsiya deyiladi. Ca(HCO 3 ) 2 CaCO 3 + H 2 O + CO 2 Tuproq havosida SO 2 miqdori 0,05 dan 10-12 % gacha, bahzi hollarda 15-20% gacha yetishi mumkin. Tuproqning SO 2 bilan normal nafas olishi 0,01 dan 1,5 g/m 2 ·soat hisoblanadi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling