Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Sinov savollari: 
1. Tuproq radioaktivligi nima? 
2. Tuproq radioaktivligi qanday paydo bo‘ladi? 
3. Radioaktivlikni aniqlashning qanday usullari mavjud? 
4. Radioaktivlikning tuproq xossa-xususiyatlari va unumdorligiga ta’siri 
qanday bo‘ladi? 
 
 
17-bob. Tuproqning issiqlik xossalari
Quyoshdan keladigan nur, Yer sharining ichki issiqligi, atmosfera 
radiatsiyasi, organik moddalarning parchalanishiga bog‘liq biokimyoviy 
jarayonlar va radioaktiv yemirilish tuproq tarkibidagi issiqlik manbai 
hisoblanadi. Issiqlik tuproqdagi juda muhim xususiyatdir. O‘t-o‘simliklarning 
ildizi orqali oziqlanishi, o‘sishi, rivojlanishi, hayvonot dunyosining yashashi, 
ko‘payishi, mikroorganizmlar hayoti, mineral moddalarning hosil bo‘lishi 
issiqlik bilan bog‘liq. Issiqlik harorat o‘zgarishi bilan belgilanib, tuproqdagi 
(qattiq, suyuq va gaz) fazalar o‘rtasidagi jarayonlarni boshqarib turadi. 
Quyosh va radiatsiyadan kelayotgan issiqlik, tuproqda asosiy o‘rin egallaydi, 
qolganlari esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Quyoshdan yer yuzasiga 
keladigan issiqlik energiyasi 8,296 Dj (sm
2
/min)ga teng yer ichki energiyasi 
esa 4,19.10
¯
4
Dj (sm
2
/min), asosiy qismi atmosferada ushlanib, relyef, 
o‘simlik qoplami, yil fasli, atmosfera holati va tuproqning issiqlik 
xususiyatlari bilan bog‘liqdir. 
Tuproqda issiqlikning harakati, yutilishi, energiyasining harakat 
majmualari issiqlik xususiyatlariga kiradi. Ular tuproq tomonidan issiqlik 
yutilishi, qaytarilishi, o‘tkazuvchanligi, hajm yutilish qobiliyatidan iboratdir. 
Tuproq tomonidan issiqlik yutilishi va Quyosh nuri ma’lum qismining 
yer yuzasidan qaytarilishi (albedo-A va Q-qaytarilish) Quyosh radiatsiyasi 
(Q-umumiy) o‘lchamlari orqali hisoblanadi: 
100

=
умум
кайт
Q
Q
A


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
98 
Quyosh nurining umumiy radiatsiyasi va uning tuproq yuzasidan 
qaytarilishi Dj(sm
2
/min)larda o‘lchanadi. Albedo tuproq rangi, namligi, 
donadorligi, organik moddalar miqdori, mexanik tarkibi va yuzaning 
tuzilishiga bog‘liq. Yorug‘lik energiyasining tuproq yuzasidan qaytarilishi (8-
10-30 %) Albedo kattaligi o‘simlik va qor qoplamiga ham bog‘liq.
T
Q
С


=
/
S – issiqlik yutilish sig‘imi, J (g/grad); 
Q – tuproqdagi issiqlik miqdori, J/g; 
T– tuproq harorati, °C. 
Issiqlik sig‘imi solishtirma hajmiy va effektiv kabi turlarga bo‘linadi. 
Solishtirma issiqlik sig‘imi deb, 1 g absolyut quruq tuproqdan 1
0
S dan 
14,5-15,5
0
S chiqaradigan yoki yutiladigan issiqlik miqdoriga aytiladi. Hajmiy 
issiqlik sig‘imi esa quruq holatdagi 1 sm
3
tuproqni 1
0
isitilganda yoki 
sovutilganda ketadigan issiqlik bilan aniqlanadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan 
issiqlik o‘lchamlari tuproqning fizik xossasi, granulometrik va mineralogik 
tarkib, organik moddalar miqdori, donadorlik va tuproq tuzilishi holati bilan 
bog‘liq. Bo‘z tuproqlarning issiqlik sig‘imi 0,91 Dj(g/grad)ga teng. Yengil 
mexanik tarkibli qumli tuproqlar issiq, loyli tuproqlar issiqlikni sekinlik bilan 
olsa-da, sovuq hisoblanadi. Tuproqning issiqlik rejimlari A.P.Vaykov, 
A.F.Chudnovskiy, M.I.Budiko, A.M.Shulgin, V.N.Dimo, O‘zbekistonda 
I.T.Turopov va uning shogirdlari tomonidan o‘rganilgan. 
Respublikamizda tuproqning issiqlik holati tog‘, tekislik va cho‘l 
mintaqalarida turlicha bo‘lib, madaniy o‘simliklarning rivojlanishi uchun 
yetarlidir. Dehqonchilikda, paxtachilik va sabzavotchilikda erta bahorda 
tuproqdagi harorati va namlikni optimal rejimda saqlash uchun shaffof 
polimer plyonkalardan foydalanib urug‘lar ekiladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling