Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Tuproq kolloidlarining koagulyatsiyasi
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Tuproq kolloidlarining koagulyatsiyasi
. Tuproq kolloidlari dispers holatini bir-biri bilan yopishib qolishi, agregatsiya bo‘lishi, cho‘kmaga tushishi hamda dispers fazaning dispers muhitdan ajralishi natijasida koagulyatsiya bo‘lishi mumkin. Koagulyatsiya jarayoni qaytar va qaytmas bo‘ladi. Tuproq tarkibida suvda eriydigan tuzlar miqdori ko‘paysa, kolloidlar koagulyatsiyasi oshib boradi. Koagulyatsiya jarayoni kationlar valentligi bilan bog‘liqdir. Masalan, uch valentli metallar temir va alyuminiy bir valentli ionlarga nisbatan koagulyatsiya jarayoni 10 barobar oshib ketadi. Akademik K.K.Gedroys tomonidan elektrolitlarning quyidagi koagulyatsiya darajasi ishlab chiqilgan: 9-jadval Na 2 CO 3 0,5 marta MgCl 2 15-50 NaCl 1,0 CaCl 2 15-50 NaNO 3 1,0 MgSO 4 15-50 KCl 1,0 FeCl 3 100-500 dan to 1000 martagacha K 2 SO 4 1,5 AlCl 3 Na 2 SO 4 1,5 Al(NO 3 ) 3 CaCO 4 2-3 (Al) 2 (SO 4 ) 3 Sho‘rlangan tuproqlarda, xlorid va sulfat tuzlari ko‘p miqdorda bo‘lgan joylarda kolloid va loy zarrachalari koagulyatsiyalashgan sharoitda uchrayli. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 91 Natriy va kaliyning kislotali karbonatlari serob bo‘lgan tuproqlarda kolloidlar koagulyatsiyasi juda kam bo‘ladi. Agar tuproqda ishqoriy moddalar ko‘payib ketsa, ishqoriy muhit oshib ketishi natijasida kolloidlar peptizatsiyasi avj olib ketadi. Elektrolitlar ta’sirida bo‘ladigan koagulyatsiya ikki bosqichdan iborat bo‘ladi, ya’ni birinchi fazada dispers muhitdagi kationlar, elektrolit tarkibidagi kationlarni yutadi yoki ular bilan almashinadi. Koagulyatsiya esa ikkinchi faza bo‘lib, almashinuvchi yutishdan keyin vujudga keladi. Koagulyatsiya qilish jarayoni va tabiati kationlarning atom og‘irligi va valentligiga bog‘liq. Qaytmas koagulyatsiya tuproqdagi kolloidlar kationlari yutilishi bilan quyidagi qator asosida rivojlanadi: Al, Ba, Ca, H, Mg, ‘b, Cs, K, NH 4 , Na, Li. Tuproqdagi barqaror va oxirigacha kolloidlar koagulyatsiyasi uch valentli alyuminiy kationlar bo‘lgandagina amalga oshirilishi aniqlangan. Bariy bilan kaliy kationlari ham kuchli koagulyator hisoblanadi. Natriy, kaliy va litiy kolloidlarni tezlik bilan dispergatsiya va peptizatsiya bo‘lishi jarayonini jadallashtirish imkoniyatiga ega. Almashinuvchi ammoniy, temir, marganets oksidlari manfiy zaryadlangan gumus va kremniy kolloidlari birikib, to‘liq koagulyatsiya jarayoni amalga oshiriladi. Organik-mineral kolloidlar ancha turg‘un bo‘lib, koagel alyumosilikatlar hosil qiladi. Kolloidlar tuproq hosil qilish jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularni peptizatsiya bo‘lishi, ishqoriy kationlar bilan to‘yinishi va yuqori dispers holatga aylanishi tuproqda suv o‘tkazmaydigan qatlam, sernamlikda qovushqoq, quriganda qatqaloqlarni hosil qiladi. Kolloidlarning tabiati va holatiga binoan tuproq donadorligi hamda unumdorligi o‘zgaradi. Tuproqdagi kaliy, kalsiy, fosfor o‘simlik ildizlariga kolloidlar orqali o‘tadi. Kolloidlar suv harakati va tuproqning issiqlik rejimini belgilab beradi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling