Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Tuproq kolloidlarning amfolitoidlik xususiyatlari
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Tuproq kolloidlarning amfolitoidlik xususiyatlari
. Olimlarning keyingi ishlanishlari shuni ko‘rsatdiki, tuproq kolloidlari murakkab tuzilishga va o‘ziga xos xususiyatga egadir. Birinchi bo‘lib shved tuproqshunosi S.Mattson tuproq kolloidlarining amfoterlik xossalarini aniqladi, uning ishlarini esa sobiq SSSRda I.N.Antipov-Karatayev, N.P.Remezov, N.I.Gorbunov davom ettirdi. Tuproq tarkibidagi kolloidlar kremniy va oksidlarning tiniq yoki loyqasimon eritmalarida cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Kolloid zarrachalaridagi oksidlarning miqdori ko‘payib ketsa, ularning izoelektrik holati oshib ketadi va zaryadlar o‘zgaruvchanligiga olib keladi. Zarrachalar zaryadiga asoslanib, kolloidlar manfiy atsidoidlarga, ya’ni kislotali kolloidlarga hamda musbat zaryadli bazoidlarga bo‘linadi. Atsidoid kolloidlar tuproqda gumus va kremniy kislotalaridan, bazoidlar esa alyuminiy va temir gidrooksidlaridan iboratdir. Tuproqdagi atsidoid va bazoidlar birikishidan amfolitik xossasiga ega bo‘lgan kolloidlar hosil bo‘ladi. Kuchsiz kislotali, neytral va kuchsiz ishqoriylik tuproq muhitida kolloidlar musbat zaryadli bo‘lib, ammo kislotali yoki kuchsiz kislotali sharoitda esa, aksincha, manfiy zaryadga ega bo‘ladilar. Tuproq kolloidlarning tuzilishi G.Vigner, I.N.Antipov-Karatayev, N.I.Gorbunov va S.N.Alyoshin tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu olimlar fikricha, kolloid zarrachasining ko‘rinishi 15-rasmda ko‘rsatilgan. Kolloid zarrachasining ichki markazi yadrodan iborat bo‘lib, u ikki qavat ionlar bilan o‘ralgan. Ichki qatlam potensial belgilaydigan ionlardan tashkil topib, kolloid zarrachalarning manfiy yoki musbat zaryadligini belgilab beradi. Kolloid zarrachasining tashqi qatlami ancha bo‘shroq, qarama-qarshi zaryadlangan ionlardan iborat bo‘ladi. Kolloidlar yadrosi kristallik yoki amorf holatda bo‘lishi mumkin. Bu toifadagi kolloid zarrachalarning tuzilishi kremniy va allofanlarga to‘g‘ri keladi. Tabiatda, ya’ni tuproq tarkibidagi organik va mineral kolloidlarning tuzilishi har xil bo‘ladi. Masalan, gumus kolloidlarida gumus kislotalari polimer iplar sifatida, manfiy zaryad esa funksional guruhlar joylashgan yerda bo‘ladi (15-rasm). H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 89 15-rasm. Atsidoit kolloidlarning tuzilishi (N.I.Gorbunov bo‘yicha) Ikki va uch qavatli loyli minerallarda, masalan kaolinitda kolloid dispers zarracha sifatida kristallik panjaraning manfiy va musbat zaryadli mayda bo‘laklari hisoblanadi. Shuning uchun bu toifadagi kolloidlar anion va kationlarni barobar yutish qobiliyatiga ega. Montmorillonit mineralida esa kolloid mitsela va granula markazi uch qavatli o‘zgaruvchan panjara qismida bo‘lishi mumkin. Manfiy va musbat zaryadlar kolloid zarrachalarining tashqi va ichki qismida joylashgan. Shuning uchun gumus, kaolinit va montmorillonitlarning tuzilishi turlicha bo‘lganligi tufayli ularning kationalri yutish qobiliyati ham har xildir. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling