Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari: 1. Tuproqning fizik-mexanik xossalari deganda nimani tushunasiz? 2. Tuproqning plastikligi, tuzilishi, holati, yopishqoqligi va ilashimligi nima? 3. Tuproqning fizik jixatdan yopishish, cho‘kish va bo‘kish holatlari? 4. Tuproqning fizik-mexanik xossasini qaysi uslubar orqali o‘rganiladi? 19-bob. Tuproqning donadorligi Tuproqning donadorligi (strukturasi) uning suv, havo va oziqa rejimini tahminlashda katta ahamiyatga ega (16-rasm). Meliorativ va agronomik nuqtai nazardan dumaloq donador, suvga chidamli, mayda, birlamchi oddiy agregatlardan tuzilgan donadorlik yaxshi hisoblanadi. V.R.Vilyams, A.N.Sokolovskiy, N.I.Savvinov tuproqdagi 1-5- 10 mm o‘lchamdagi donadorlikni ijobiy, yaxshi agronomik xususiyatga ega deb tahkidlaydilar. Donadorlik makro (> 0,25 mm dan yuqori) va mikro (0,001-0,25 mm) o‘lchamli qismga bo‘linadi. Tuproq tarkibidagi > 0,25 mm zarrachalar miqdori uning donadorligini belgilaydi, < 0,001 mm H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 101 zarrachalar esa tuproqning agronomik va meliorativ holatini yomonlashtiradi. O‘tkazilgan tajribalar (M.E.Volni, P.A.Kostichev, P.F.Barakova, A.G.Doyarenko, V.R.Vilyams, K.K.Gedroys) ko‘rsatkichi tuproqning donadorligi yuqori haydalma gumusli qatlamning yumshoqligini yaxshilab, o‘simlik ildizlarining rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. O‘simlik urug‘lari tez unib chiqadi, rivojlanadi, havo va suv o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshadi, qatqaloqlanish jarayoni ro‘y bermaydi. Donadorligi yaxshi tuproqlarda eroziya rivojlanishining oldi olinadi. Olimlarning fikricha, tuproq donadorligining hosil bo‘lishi va oshishi fizik-mexanik, fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik jarayonlarga bevosita bog‘liq. Fizik-mexanik jarayon tuproqdagi bosimning oshishiga bog‘liq, ya’ni o‘simlik ildizlarining rivojlanishi, tirik jonivorlar harakati, tuproqni namlanganda uning bo‘kishi va quriganda siqilishi natijasida yoriqlar, turli o‘lchamdagi agregatlar hosil bo‘ladi. Tuproqning muzlashi va erishi, traktorlar bilan yerga ishlov berish natijasida ham donadorlik hosil bo‘lishi mumkin. Fizik-kimyoviy jarayonlarning rivojlanishida loy va kolloid zarrachalarning koagulyatsiyasi va peptizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Donadorlikning hosil bo‘lishi organik va mineral kolloidlarning tabiatiga bog‘liq. Ayniqsa, gumus moddalaridan tashkil topgan donadorlik turg‘un hisoblanadi. Tuproqda yemirilish jarayonida kalsiy karbonat, magniy silikati, temir hosil bo‘lsa, bu elementlar zarrachalarning sementlashib, suvga chidamli mikroagregat donachalarini hosil qiladi. Bundan tashqari, tuproq tarkibidagi gips, natriy xlorid va sulfat birikmalari ham kimyoviy donadorlikni rivojlantiruvchi omil hisoblanadi. Mikrobiologik jarayonlar, ya’ni mikroorganizmlar, bakteriyalar, zamburug‘lar, aktinomitsetlar o‘z chiqindilari va tanasidagi moddalar ham tuproq donadorligini oshirishi mumkin. V.R.Vilyams tuproq donadorligini oshirishda, aerob va anaerob mikroorganizmlarning roli kattaligini ko‘rsatib berdi. Chuvalchanglar ham organik va mineral zarrachalarni o‘zidan o‘tkazib, ekskrimentlari bilan tuproq donadorligini oshiradi. Tuproq donadorligini oshirish imkoniyatlari, asosan, kimyoviy, fizik- mexanik va biologik usullardan iboratdir. Kimyoviy polimerlar yordamida va almashlab ekishni joriy etish usullari orqali ham tuproq donadorligini yaxshilash mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling