Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- II QISM. TUPROQ HOSIL QILUVCHI SHAROITLAR 21-bob. Tuproq hosil qiluvchi sharoitlar va ularning tabiiy
Sinov savollari: 1. Tuproq unumdorligi deganda nimani tushunasiz? 2. Tuproq unumdorligi qanday turlarga bo‘linadi? 3. Tuproq unumdorligini oshirish va saqlash muammolari qanday? 4. Tuproq unumdorligini baholash omillari va zaruriyatini tushuntiring? H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 105 II QISM. TUPROQ HOSIL QILUVCHI SHAROITLAR 21-bob. Tuproq hosil qiluvchi sharoitlar va ularning tabiiy mintaqalarga bog‘liqligi Tuproq hosil bo‘lish jarayoni deganda, tog‘ jinslari va yotqiziqlar ustida, tabiiy sharoitda tuproq qoplamining genezisi, shakllanishi, uning tabiiy va inson (antropogen) ta’sirida rivojlanishi hamda evolyutsiyasini tushunamiz. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni tog‘ jinslarining nurashi va suv yordamida akkumulyatsiya qilingan, glyatsial, eol va gravitatsion to‘plangan mahsulotlarining tirik organizmlar tomonidan o‘zlashtirilishidan boshlanadi. Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishining birinchi bosqichi tog‘ jinslari – magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinchlarning yemirilishi davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq hosil bo‘lishi yemirilish qobig‘i bilan birgalikda rivojlanadi. Oldingi geologik abiotik davrda hosil bo‘lgan yotqiziqlarda tuproqlar bo‘lmagan va faqat tog‘ jinslarining nurash qobiqlari ishtirok etgan, xolos. Shuning uchun tuproq va yer yemirilish qobig‘ining hosil bo‘lish jarayoni alohida o‘rin egallaydi. Birinchi jarayonda faqat tog‘ jinslari yemirilib, minerallar o‘zgaradi, maydalanadi, gravitatsion oqimlar bilan yo‘nalib yerning relyefi bo‘yicha o‘lchamlariga qarab yig‘malar va to‘plamalar hosil qiladi. Tuproq esa biokos tizim mahsuloti bo‘lib, gumusli genetik qatlamlardan iborat ma’lum morfologik tuzilishga ega bo‘lgan unumdorligi bilan ajralib turadigan tabiiy tarixiy tanadir. Tog‘ jinslari va ularning nurashidan hosil bo‘lgan yotqiziqlar, cho‘kindilar, yemirilgan jinslarning barchasi geologik jarayon hisoblanib, yer yuzasida elyuviy, o‘tuvchi (tranzit) yoki akkumulyativ yer qobig‘ini hosil qiladi va ular ona jinslar deb yuritiladi. Tog‘ jinslarining yemirilishidan tamomila boshqacha: g‘ovakligi, yumshoqligi, qatlamligi, havo va suv o‘tkazuvchanligi, birlamchi, ikkilamchi va kolloid minerallarning mavjudligi, biofil elementlarning to‘planishi bilan farq qiladi. Tuproqqa xos xususiyatlar va tarkib mujassamlashadi. Hosil bo‘lgan yotqiziqlar ustida dastlab primitiv tuproqlar hosil bo‘la boshlaydi. Yuqorida keltirilgan 6 xil omil ta’sirida tuproqning yetuk profili va genetik qatlamlari hosil bo‘ladi. Tuproqning rivojlanishi, ya’ni evolyutsiya davri boshlanadi. Natijada, shakllangan profil va to‘liq qatlamlar hosil bo‘ladi yoki teskari jarayon eroziya yoki sho‘rlanish avj olishi mumkin. Masalan, botqoq tuproqlar qurib, o‘tloqi- H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 106 botqoq, o‘tloqi, sho‘rxoklar yoki sahro tuproqlariga aylanishi mumkin. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni relyefga, geokimyoviy jarayonlarga bog‘liq. Ularga adirlar, daryo pillapoyalari (terrasa), konus-vinoslar (keltirilma) misol bo‘ladi. Shuning uchun tekislik va vodiylarda tuproq hosil bo‘lishida suv-akkumulyativ, gidromorf, poligidromorf jarayonlar ishtiroki bunga misol bo‘ladi. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni, asosan, moddalar yig‘ilishi (akkumulyatsiyasi) va moddalarning olib chiqib ketilishi nisbatidan iborat. Tuproq paydo bo‘lishi jarayonida moddalar akkumulyatsiyasida uglerod yig‘ilishi (fotosintez-biomassaning yig‘ilishi-parchalanish-gumifikatsiya), azot (azotfiksatsiya-organizmlar tomonidan foydalanishi - biomassaning parchalanishi-nitrifikatsiya-ammonifikatsiya) suvda eriydigan tuzlar, gips, ohak, temir va kremniy birikmalarning to‘planishi misol bo‘lishi mumkin. Tuproq paydo bo‘lishida nisbiy birikmalar to‘planishida ona jins tarkibidan ishqor va ishqoriy yer elementlarining yuvilib olib chiqib ketilishi natijasida alyuminiy yoki kremniy oksidlarining to‘planishi ro‘y beradi. Tuproq hosil bo‘lish jarayonlari va omillarini o‘rganish natijasida tuproq qoplamining mintaqaviy xususiyatga ega ekanligi va ularning yer yuzasida ma’lum bir qonuniyat bilan joylashish tartibini keltirib chiqaradi. Tuproq hosil bo‘lishida omillarning ta’siri konsepsiyasi yaratilishi asosida V.V.Dokuchayev tomonidan tuproq qoplamining mintaqaviy hudud bo‘yicha ma’lum tip shaklida uzviy bog‘liqligi “Tabiatning mintaqaviyligi ta’limoti” degan asarida tavsif etiladi. V.V.Dokuchayev tomonidan 5 ta mintaqaviy katta hudud ajratildi: 1) boreal (arktika), 2) o‘rmon, 3) qora tuproq cho‘llari, 4) areal, 5) lateral tuproqlar. Bundan tashqari, tog‘liklar, allyuvial, toshli o‘rmon kengliklari ko‘rsatib o‘tildi. Tuproq hosil bo‘lish jarayonida V.V.Dokuchayev iqlimni asosiy omil sifatida ajratib, har bir mintaqaviy kenglikda zonal yoki normal tuproq tiplarining joylashish tartibini qayd etdi. Keyingi paytlarda qit’alar tuproqlari o‘rganilib, ularda mintaqalar nafaqat bioiqlim sharoiti, geologik tuzilishi, orografiyasi, tektonikasi, balki okean yoki dengiz havzalaridan uzoq yaqinligi ham e’tiborga olindi. V.V.Dokuchayev shogirdlari tomonidan sobiq ittifoq hududlarida gorizontal va vertikal kengliklar bo‘yicha mintaqalar ajratildi, ya’ni arktika, tundra, breal, subboreal, yarim sahro, subtropik hududlar. Tuproqshunoslik fanining asoschisi V.V.Dokuchayev Kavkaz mintaqasi bo‘yicha ham tekislikdagi yerlarga o‘xshash tuproq tiplarining joylashishi va tarqalish qonuniyatlarini aniqladi. K.D.Glinka (1910), S.S.Neystruyev (1930), S.A.Zaxarovlar Kavkaz va O‘rta Osiyo H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 107 tog‘larining tabiiy sharoitlarini o‘rganib, tuproq qoplamining vertikal mintaqalar bo‘yicha joylashish tartibi haqida ta’limotga asos soldilar. Bu sohada ilmiy tadqiqot ishlari Yu.A.Liverovskiy, N.N.Rozov, V.M.Fridland, M.A.Glazovskayalar tomonidan davom ettirildi. Tuproq qoplamining hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumot yunon faylasuflari, Xitoy, Hindiston va Yaponiyadagi bir necha ming yillardan beri yozib kelinayotgan yer kadastri manuskrit qo‘lyozmalarida mavjud. O‘rta Osiyoda esa allomalarimiz – Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Narshaxiy asarlarida bu haqda ma’lumotlar bor. Rossiyada esa V.V.Dokuchayev tomonidan tuproq hosil bo‘lishi quyidagi formula orqali ifodalanadi: T -tuproq, I -iqlim, J - jonivorlar, o‘simliklar, TJ - tog‘ jinslari, R - relyef, V - vaqt, f - funksiya. Tuproq - yer yuzida o‘zining kelib chiqishi bilan ajralib turadigan organik va mineral moddalar hamda ona jins, o‘simlik va hayvonot organizmlari, iqlim, vaqt va relyefning ta’siridan hosil bo‘lgan mahsulotdir. V.V.Dokuchayev vaqtdan bo‘lak iqlim, relyef, ona jins, o‘simlik va hayvonot dunyosi ta’sirini tashqi ta’sirlar deb belgiladi. Besh omilning tuproq hosil bo‘lishidagi ta’siri bir butunlikni tashkil etib, ularni ajratish mumkin emas, deydi rus olimi. K.D.Glinka 1931-yilda "Tuproqshunoslik" darsligini yozib, unda tuproq hosil bo‘lishida iqlim va o‘simlik qoplaminining rolini birinchi o‘ringa qo‘yadi. S.A.Zaxarov 1927-yili barcha tuproq hosil qiluvchi omillarni faol va nofaol, ya’ni biosfera, atmosfera, gidrosferani faol, tuproq hosil qiluvchi tog‘ jinslarini esa nofaol qismlarga bo‘ldi. A.A.Rode 1947-yili tuproq hosil qiluvchi barcha omillar rolini kamsitmagan holda, majmui ta’sir va shular bilan birga, yer tortish kuchi, yer ostki va ustki suvlari ta’sirini ham tuproq hosil qiluvchi omillarga kiritishni taklif etdi. Biologik omillarning tuproq hosil bo‘lishi roliga doir to‘liq ta’limot V.R.Vilyams tomonidan ishlab chiqildi. Tuproq hosil qiluvchi omillar ta’siriga doir ishlarni V.V.Dokuchayevning shogidrlari davom ettirdilar. (K.D. Glinka, S.A.Zaxarov, B.B.Polipov, A.A.Rode, I.P. Gerasimov, V.A.Kovda, V.R.Volobyov). Amerikalik olim G.Yenni birinchi bo‘lib, V.V.Dokuchayev tavsiya etgan formulani miqdoriy jihatdan har taraflama ishlab chiqdi. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 108 Inson ta’sirida Zarafshon vodiysining sug‘oriladigan tuproqlari misolida tuproq hosil bo‘lishini Ibn Sino va “Tuproqshunoslik” kafedrasining mudiri M.A.Orlov o‘rgandi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling