12-jadval
Turli iqlim mintaqalarida quruqlikning suv bilan ta’minlanishi
Iqlimiy viloyatlar
Yillik yog‘in
miqdori, mm
Namlanish koeff.
(KU)
Juda quruq (Superarid)
10-20
0,2-0,1
O‘rtacha quruq (Arid)
50-150
0,5-0,3
Yumshoq quruq
200-400
0,7-0,5
Nam (Gumid)
50-800
1,0
Juda kam
1500-2000
1,2-1,5
Super gumid
3000-5000
1,5-2,0-3,0
Sinov savollari:
1. Tuproq hosil bo‘lishida fizik, kimyoviy va biologik jarayonlarning
rolini tushuntiring?
2. Tuproq hosil qiluvchi magmatik, metamorfik va cho‘kindi tog‘
jinslari haqida bilasizmi?
3. Yotqiziqlar va ular ustida tuproq paydo bo‘lishi qanday kechadi?
4. Tuproq qoplamining mintaqaviy sharoitlari qanday?
22-bob. Katta geologik doira bo‘ylab aylanayotgan moddalarning
tuproq hosil bo‘lishidagi roli
Kichik biologik va katta geologik jarayonlarda moddalar sayyora
bo‘ylab harakatga kelib, tuproq hosil qilishidagi biogeoximik jarayonlarni
vujudga keltiradi. Geokimyoviy jarayon deganda, Vernadskiy aytganidek,
elementlarning yer usti va biosferada, chuqurlik va tekislikka qarab, tuproq
va ona jins tizimidagi harakati tushuniladi. Yer yuzida, agar kosmosdan
kelayotgan chang (1 mln. t) va chiqib ketayotgan vodorodni hisobga
olmaganda, kimyoviy elementlar harakati va miqdori deyarli o‘zgarmaydi.
Yer yuzida tirik organizmlar paydo bo‘lmasdan oldin kimyoviy
moddalarning geokimyoviy harakati, undan so‘ng esa, biogeokimyoviy
jarayonlar zanjiri rivojlangan. Inson paydo bo‘lgandan keyin esa,
texnobiogeokimyoviy shaklga aylangan (17-rasm). Bu soha ta’limoti
V.I.Vernadskiy, A.E.Fersman, V.M.Golmshmidt, B.B.Polipov, A.P.Vino-
gradov, V.R.Vilyams tomonidan yaratilgan bo‘lib, hozirgi zamondagi
taraqqiyotiga esa V.A.Kovda, A.I.Perelman, SM.Grigoryev, K.I.Lukashov,
M.A.Glazovskaya, V.V.Kovalskiy, V.V.Dobrovolskiy, F.Dyuvinyu kabi
olimlar o‘z hissalarini qo‘shganlar.
H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik
110
Do'stlaringiz bilan baham: |