Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


-bob. Moddalarning tuproq hosil bo‘lishidagi balansi


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
26-bob. Moddalarning tuproq hosil bo‘lishidagi balansi 
Tuproq hosil bo‘lishi jarayonida modda va energetik balans to‘rtta 
komponentni tashkil qiladi, ya’ni: 1) tuproqqa moddalar va energiyaning 
kelishi; 2) tuproqdagi moddalar va energiyaning o‘zgarishi; 3) tuproqdagi 
energiya va moddalarning harakati; 4) tuproqdan moddalar va 
energiyaning sarf bo‘lishi. Bu ko‘rsatilgan moddalar va energiyaning 
tuproqqa kelishi va ketishi sifat hamda miqdoriy jihatdan organik va 
mineral moddalarning tarqatilishi va o‘zgarishi tuproq hosil bo‘lishi 
jarayonining birligi, tuproqning tarkibi, tuzilishi, xossa va xususiyatlarini 
belgilaydi. Ular asosida tuproq moddalarining tuproq hosil bo‘lishidagi 
muvozanatini, ya’ni mahlum bir vaqt ichida kelishini va tuproqdan chiqib 
ketishini (sarf qilinishini) belgilaydi. 
V.A.Kovda (1946, 1947, 1973) moddalar balansi turlarining vaqtga 
bo‘lgan aloqasini aniqlagan: 1) joyning asr davomida geologik vaqt bilan 
belgilanadigan geomorfologiyasini shakllantiruvchi balans; 2) davriyligi 
11-25 yilni o‘z ichiga oladigan quyosh aktivligiga bog‘liq hamda vaqt 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
117 
yerning yillik gidrologik o‘zgarishi balansi; 4) sug‘oriladigan yerlarda 
sug‘orishning qisqa davri oralig‘ida hosil bo‘lgan moddalar balansi. 
Organik moddalar, azot, suv, mineral elementlar va suvda eriydigan 
tuzlar balansi sifat jihatdan bir-biridan farqlanadi. Masalan, organik 
moddalar va azotning balansi biotalarning hayoti bilan chambarchas 
bog‘liq. Suv balansida biotik va abiotik omillar, ayniqsa, so‘nggisi katta 
rol o‘ynaydi. 
Tuproq 
tarkibiga 
chetdan 
kiradigan, 
balans 
elementlari 
quyidagilardan iborat: 1) o‘simlik va hayvonot dunyosining qoldiqlaridagi 
uglerod, azot va kul elementlari; 2) yuqorida ko‘rsatilgan elementlar 
tuproqqa keladigan o‘simlik ildizlari chiqindilari va daraxt tagidagi suv 
orqali; 3) mikroorganizmlar yordamida atmosferadan fiksatsiya qiladigan 
azot; 4) atmosfera yog‘inlari yordamida keladigan moddalar; 5) shamol 
yordamida keladigan moddalar; 6) suv loyqalari yordamida to‘planadigan 
moddalar; 7) suv yordamida keladigan moddalar; 8) tuproqqa yon 
tomondan suv yordamida oqib keladigan moddalar; 9) kapillyar yer osti 
suvlari yordamida ko‘tarilib to‘planadigan moddalar; 10) o‘g‘itlar, 
meliorantlar, pestitsidlar, irrigatsion suvlar yordamida keladigan moddalar. 
Tuproqda sarf qilinadigan balans moddalar: azotning denitrifikatsiya 
jarayonida sarf etilishi: 1) tuproq qatlamidan moddalarning suv yordamida 
yer osti suvlariga o‘tkazilishi; 2) moddalarning tuproq yon tarafiga o‘tishi; 
3) moddalarning yer ustidagi suvlari loyqa yordamida olib ketilishi;
4) moddalarni yer usti suvlari bilan olib ketilishi; 5) moddalarning shamol 
yordamida olib ketilishi; 6) azot va boshqa mineral moddalarni qishloq 
xo‘jalik ekinlari hosili, yem-xashak va yog‘och materiallari orqali olib 
ketilishi. 
Elementlar balansida bioiqlim va geokimyoviy sharoit katta rol 
o‘ynaydi. Tuproqdagi kirim va chiqim balansi bioiqlim sharoitida turlicha 
bo‘ladi. Masalan, uglerod cho‘l mintaqasi o‘simlik qoplamida 1000 kg/ga, 
sernam tropik o‘rmonlarda esa 14000 kg/gani tashkil qiladi, azot kirimi 
turli mintaqalarda 10 dan to 500 kg/ga, yer yuzasidagi suv olib ketilishi esa 
0-300 kg/ga doirasida bo‘ladi. 
Elementlar balansi tuproq qoplami relyefining qaysi geokimyoviy 
landshaftida hosil bo‘lganligiga bog‘liq. 
Tuproqda elementlar balansi ijobiy, salbiy va nolga teng bo‘lishi 
mumkin. Ijobiy balans absolyut, nisbiy va qoldiq holatida bo‘lishi mumkin. 
Masalan, uglerod va azot tuproqda o‘simlik va tirik organizmlarning 
faoliyati natijasida to‘planishi mumkin. Arid tuproqlarda moddalar yer usti, 
yonboshi va sizot suvlarida to‘planishi mumkin. Gumid iqlimi tuproqlarda 
esa moddalar yog‘adigan yog‘in yordamida tarqatiladi, biroq Si, Al, G‘e, 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
118 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling