Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Doimo muzlik hukm surgan Shimoliy va Janubiy Qutb


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

Doimo muzlik hukm surgan Shimoliy va Janubiy Qutb 
atrofidagi
tuproqlar. Ularda suv muzlagan, qattiq holatda bo‘lib, yoz 
fasllarida ustki qismida muz erib, ko‘lmak suvlar hosil qiladi. Tuproq 
tarkibidagi suv bug‘lanadi, destruksiya va yon tomonga qarab singdiriladi, 
yer doimo nam holatda bo‘ladi. O‘simlikning rivojlanish davrida suv rejimi 
eng kam va to‘liq singdirish hajmida bo‘lib, o‘simlikning so‘lish 
namligidan pastga tushmaydi. 
Suvga to‘yingan (doimo suv tagidagi) botqoq tuproqlar
. Bu 
tuproqlarga suv atmosferadan yog‘in sifatida yoki yer osti suvlaridan 
ko‘tarilib chiqadi. Yil davomida bu tuproqlarda suv to‘liq singdirilgan
ba’zi vaqtda kamayib, kam singdirilgan o‘lcham hosil qiladi. Suv bilan tez-
tez to‘yinib turadigan botqoq tuproqlarda namlik to‘liq hajmda singdiriladi, 
bahzan esa eng kam singdirilgan holatda bo‘ladi. Masalan, bular doimo suv 
o‘tib turadigan tayga, tropik, subtropik. kengbargli o‘rmonlar ostida hosil 
bo‘lgan tuproqlar. Bu rejimda yillik yomg‘ir jamg‘armasi, tuproqdan 
bug‘lanadigan suvdan ko‘proqdir. Ularga tog‘ o‘rmonlari tagida 
rivojlangan tuproqlar ham kiradi. Tuproqlarda doimo namgarchilik ko‘p 
bo‘lib, eng kichik suv singdirish sig‘imi miqdoridan pasaymaydi. 
Suv doimo singdirilib, o‘zgarib turadigan tuproqlarda yoqqan 
yomg‘ir miqdori tuproqda bug‘lanadigan namlik miqdori bilan barobar 
bo‘ladi. Bu toifaga o‘rmon-cho‘l va qora tuproqlari kiradi. Tuproq qoplami 
yoppasiga 10-15 yillar davomida bir marta qaytariladi. Vaqti-vaqti bilan 
tuproq qoplami eng kam sig‘imida yuqori namlik bilan to‘yinadi. Profil 
tubida namlik, kapillyarlar uzilish kattaligigacha, yuqori yuza qatlamida 
esa o‘simlik so‘ladigan holatigacha o‘zgaradi. 
Mavsumiy yuviladigan guruh tuproqlar rejimi
tropik tuproqlarga 
xos bo‘lib, yogingarchilik serob va kam bo‘ladigan tuproqdagi namlik 
to‘liqdan tuban singdirish hajmiga va kapillyarlar uzilish hamda
o‘simlikning so‘lish holatiga yaqin holatda bo‘ladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling