Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28-bob. Kam rivojlangan yupqa qatlamli tuproqlar Kam rivojlangan tuproqlar profili yupqaroq A - S (O-A-S)
Solishtirma-geografik
tahlilda tuproqning geografik o‘rni, tarqalishi, tuproq hosil qilish jarayonining o‘xshashligi solishtirib ko‘riladi. Genetik usul tuproqning kelib chiqishi, rivojlanish tarixi va joyning geologik o‘rni bilan belgilanadi. Sinov savollari: 1. Tuproq sistematikasi va diagnostikasi to‘g‘risida tushuncha bering? 2. Tuproq tasnifi: tip, tipcha, oila, tur, xil, toifa va razryadlar nima? 3. Amerika, MDH, Osiyo, YUNESKO, O‘zbekistonda qabul qilingan tuproq tasnifi va ularning bir-biridan farqini tushuntiring? 4. Tuproq tasnifining ilmiy va amaliy ahamiyati qanday? 28-bob. Kam rivojlangan yupqa qatlamli tuproqlar Kam rivojlangan tuproqlar profili yupqaroq A - S (O-A-S), genetik qatlamlar yumshoq tog‘ jinslarida yoki A-R (OA-R) qattiq holatdagi tog‘ jinslari ustida hosil bo‘ladi. Tuproq hosil qiluvchi ona jinsning sharoiti va xarakteriga binoan 4 xil kam rivojlangan tuproqlar ajratilgan, ya’ni litosollar - qattiq massiv kristallik tog‘ jinslari ustida, arenosollar - yumshoq holatdagi qum to‘plamlari ustida, regasollar - yumshoq qumoq yig‘ilmalar ustida, pelasollar - loy yotqiziqlari ustida hosil bo‘ladi. Vulqon mahsulotlari ustida hosil bo‘lgan andosollar bu guruhlarga kirmaydi. Ushbu toifaga daryo yoqalarida suv oqimlari hosil qilgan allyuvial tuproqlar ham kiritilmagan. Bundan tashqari, sovuq doim hukmron mintaqalarda - Arktika, Antarktida, tundra va tog‘ cho‘qqilarida kam rivojlangan kriogen tuproqlar tarqalgan. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 123 Kam taraqqiy etgan tuproqlarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: tog‘ jinsi ustida yupqa qatlamli - A, o‘simlik to‘shami - O, o‘tuvchi qatlam - AS yoki AR - 10 sm qalinlikdan oshmaydi, Litosol tuproqlarda A - qatlam qoramtir rangda bo‘lib, gumusga boydir. Ammo kuchsiz, kam rivojlangan yumshoq tabiatli tog‘ jinslari ustida hosil bo‘lgan tuproqlarda och qoramtir va gumus miqdori kamroq bo‘ladi, Ikkinchidan, bu tuproq profilida hali to‘liq mukammal genetik qatlamlar paydo bo‘lmagan, ammo tuproq profilida eskidan hosil bo‘lgan paleotuproq qatlamlari uchrab turadi. Demak, kam rivojlangan tuproqlar yosh bo‘lib, tog‘ hududlarida yuvilish (eroziya) natijasida yosharib turadi, rivojlanish jarayonining sahro hududida sustligi va tuproq hosil qiluvchi ona jins qumlarning kambag‘alligi bilan bog‘liqdir. Bu toifadagi tuproqlarning birlamchi yoki ikkilamchi bo‘lishi landshaft tarixiy ko‘rinishi mehyorlariga qarab belgilanadi. Kam ri- vojlangan tuproq tog‘larda, o‘rmonlar tagida, sahroda saksaul, kaktuslar, akatsiya daraxtlari tagida hosil bo‘lishi mumkin. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling