Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari: 1. Yupqa qatlamli tuproqlarning hosil bo‘lish evolyutsiyasini tushuntiring? 2. Pelosol, regosol, arenasol, litosol tuproqlar qanday hosil bo‘ladi? 3. Chimli karbonatli (rendzin) va chimli silikat ranker tuproqlar qanday paydo bo‘lgan? 4. Yumshoq yotqiziqlar ustida qanday tuproqlar paydo bo‘ladi? 5. Yupqa qatlamli tuproqlarning tarqalishi va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati qanday? 29-bob. Avtomorf chimli tuproqlar Gumus qatlami 10 sm oshiqroq, profili A-S yoki A - tuzilishida, yaxshi taraqqiy etgan avtomorf tuproqlar chimli tuproqlar deyiladi. Bu toifadagi tuproqlar turli bioiqlimda tarqalgan qattiq va yumshoq holatdagi tuproq hosil qiluvchi jinslar ustida hosil bo‘ladi. O‘t-o‘simliklari, o‘tloqlar hamda o‘rmonlar tagida shakllanadi. Allyuvial va vulkon yotqiziqlari, ya’ni kriogenez va qattiq joylashish jarayonlari rivojlangan joylarda o‘tloq chimli tuproqlar hosil bo‘lmaydi. Chimli tuproqlarga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat 1) tuproq profilining tuzilishi AC yoki AR, gumus qatlami yumshoqroq bo‘lib, A qatlam usti chimli bo‘ladi, o‘rmon to‘shami O bo‘lishi mumkin; 2) bu toifadagi tuproqlar profilida hali uncha shakllanmagan qatlamlar bo‘lmaydi (19-rasm). H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 126 Bu tuproqlar kam taraqqiy etgan, hosil bo‘lishi tuproqlarning keyingi evolyutsiyasi bilan chambarchas bog‘liq. Tuproq hosil qiluvchi ona jinsning xarakteri va tuproq hosil qilish sharoitiga muvofiq har xil guruhdagi tuproqlar shakllanadi, ya’ni qattiq holatdagi tog‘ jinslari ustidagi rendzin, silikatli jinslar ustida rankerlar, karbonatli yumshoq tog‘ jinslari ustida pararendzin va silikatli yumshoq jinslar ustida chimli tuproqlar rivojlanadi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling