Rendzin tuproqlar
tog‘li tekisliklarda Yevropa, Sharqiy Sibir,
AQSH va Kanadada o‘rmonlari ostida, boreal iqlim sharoitida keng
tarqalgan. Rossiyada bu tuproqlar Leningrad, Pskov, Novgorod,
Arxangelsk, Smolensk oblastlarida, Belorussiya, Moldaviya, Kavkaz va
Qrimda keng tarqalgan.
Tipik rendzinlar profili
. O-A-AR-R quriq yerlarda, A’-A-AR-R-
haydalma yerlarda (O-A-AS-S va Ar-A-AS-S pararendzinlar uchun),
gumus qoplami 10-80 sm bo‘lib, miqdori 5-15 %, shag‘alli, karbonatli,
g‘ovakli, solishtirma sig‘imi 60 mg.ekv/100 g. Fizik xossalar nochor
bo‘lib, tarkibida fosfor va temir moddalari kam.
Yuvilgan rendzin va pararendzinlar
– profili 60-100 sm, o‘tish
qatlami AC (AR) ancha qalin bo‘lib, rangi so‘r-qo‘ng‘ir yoki qizil-
qo‘ng‘ir. Gumus 3-5 %, kuchsiz kislotali muhitli, solishtirma sig‘imi – 18-
23 mg/ekv. 100 g.
Podzollashgan
rendzinlar
Rossiyaning
Yevropa
qismida,
Moldaviya, Kavkaz va Janubiy Yevropada tarqalgan. Tuproq profili S yoki
R 100-12 sm, gumus qatlamining tagi oqargan rangda, gumus miqdori 6-15
% bo‘ladi.
Chimli (ranker) tuproqlar
qattiq silikatli tog‘ jinslari ustida hosil
bo‘lib, rangi qora, profil qalinligi A-AR-R dan iborat. “Ranker” so‘zi -
nemis tilidan olingan bo‘lib, qoplam degan ma’noni bildiradi. Bu toifadagi
tuproqlar, asosan, tog‘ hududlarida keng tarqalgan. Bu xil tuproqlarning
asosiy xususiyatlari quyidagilar: 1) profil qatlami yupqa, toshli; 2) gumus
miqdori 5-10, 20%; 3) gumus gumat-fulvat tipida; 4) solishtirma sig‘imi
yuqori – 20-30 mg ekv/100 g; 5) muhiti kislotali; 6) loy miqdori ko‘p
tabaqalanmagan; 7) temir ko‘p; 8) yaxshi donador, gumus qatlami
yumshoq; 9) suv o‘tkazuvchanligi yuqori.
Tog‘larda bunday tuproqlar yaylov sifatida, tekisliklarda esa
o‘rmonlar bilan qoplangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |