H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik
127
sekin yuvilib, loyli qatlamlarni hosil qiladi. Rendzinlar bir nechta
tipchalarga, ya’ni tipik, yuvilgan, kuchsiz, o‘rtacha va kuchli yuvilganlarga
ajratiladi.
20-rasm
.
Rendzin tuproqlarning hosil bo‘lish evolyutsiyasi.
Karbonatlar dastlab A qatlam, keyin AS yoki AR qatlam va oxirgisi
S yoki R qatlamgacha yuviladi. Oxirida elyuvial
- dellyuvial toifadagi
qatlamlarning tabaqalanishi boshlanadi. Eng oxirgi tuproq rivojlanish
jarayonida rendzinlardan qoldiq karbonatli qo‘ng‘ir yoki qoldiq karbonatli
chimli podzol, qo‘ng‘ir qizg‘ish yoki chimli podzol tuproqlar hosil qiladi.
Rendzin toifasidagi tuproqlar Olmoniyada har tomonlama o‘rganilib,
gumuslanish
darajasiga
binoan
moderrendzin,
myullrendzin,
kserorendzinlarga ajratilib, ularning tavsifi berilgan.
Geologik evolyutsiya jarayonida rendzinlar hosil bo‘lishida
pastki
ona jinsi qatlamlarida tuproq hosil bo‘lish va yemirilish tufayli yotqiziqlar
terrarossa, terrafuskalar hosil bo‘ladi. Natijada,
ular ustida profil
tabaqalangan. Masalan, Arxangelskiy va Uraloldi hududlaridagi qizil
rangli karbonatli elyuviyda hosil bo‘lgan podzollar shakllangan. Qo‘ng‘ir
H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik
128
yoki jigarrang tuproqlar Janubiy Ovro‘po,
Shimoliy Afrika, Atlas tog‘lari
va Birma, Yevropa hamda Xitoydagi qizil tuproqlar shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: