Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Tuproq nomenklaturasi.
Hozirgi paytda jahon tuproqshunosligida tuproq nomenklaturasini ishlab chiqishda uch yo‘nalish mavjud. Rossiya, AQSH va xalqaro (FAO) YUNESKO tashkiloti tuproq diagnostikasi va tasnifi tizimini taklif etishgan hamda, u amalda qo‘llaniladi. Tuproq nomenklaturasini ishlab chiqish usullarini rus tuproqshunosi V.V.Dokuchayev o‘z asarlarida keltirgan. Tuproq tavsifini berishda, uning joyi, sharoiti, xalq tomonidan rangiga qarab atalishiga ehtibor berilgan. Masalan, podzol, chernozem, belozem, serozem kabi tuproq nomlari. Bu atamalarda tuproqning rangi asosiy rol o‘ynaydi. V.V.Dokuchayev va uning shogirdi N.M.Sibirsev tomonidan tuproq nomenklaturasida, rangidan tashqari yana ramziy boshqa xususiyatlar qo‘shib yoziladigan bo‘ldi. Masalan, tuproqning asosiy xossalari yoki tuproq hosil bo‘lishi jarayonidagi o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rsatib o‘tildi: "Chernozem shokoladniy", "Krasnaya solonchakovaya" pochva. Keyingi davrda esa tuproqning ayrim landshaftlarda hosil bo‘lishi ham e’tiborga olina III QISM. TUPROQ SISTEMATIKASI, TASNIFI VA TIPLARI H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 120 boshladi. “Seraya lesnaya pochva”, “bolotnaya pochva” va h.k. So‘ngra esa tuproqning geografik tarqalishi ham sistematikada foydalaniladigan bo‘ldi. Masalan, “chernozem severniy”, “chernozem yujniy”. Undan ham murakkabroq atama "chernozem severniy sredneoziatskiy korichneviy". Tuproqshunoslik fanining rivojlanishi natijasida tuproq tasnifi va sistematikasida, nomenklaturasida tuproqning genezisi, xossa va xususiyatlari, tarkibi, subyektiv jarayonlarni o‘z ichiga oladigan masalalar paydo bo‘ldi. Masalan, “chernozemi gleevie tayojno-propitanno- gumusoviy, nadmerzlotno-gumusirovannie pochvi”. Shuning uchun tuproq nomenklaturasi tuproq genezisi, xossa va xususiyatlaridan kelib chiqadigan taksonomik birlik, xaritada aks ettirilgan holda berilishi kerak. Rus tuproqshunosligida foydalanib kelinayotgan z^alk atamalari jeltozyom, podzol, krasnozyom, chernozyom kabi tuproq nomlari nemis, amerika olimlari hamda FAO/YUNESKO ishlab chiqqan tuproq tasnifida "zem" nemischa "Erde" (Braunerde Schwarzerde), inglizcha "soil" (Mollisol, Arudisol, Spodosol), lotincha "sol" (Luvisol, Ferrolsol, Combisol) FAO. Demak, tuproqning nomi qisqa va aniq, uning genezisi, evolyutsiyasi, xossa va xususiyatlari, morfologik tuzilishini to‘la aks ettirishi lozim, masalan, serozyom, krasnozyom, chernozyom, serozem, podzol va h.k. AQSHda tuproq nomenklaturasi o‘zi alohida rivojlangan bo‘lib, bir qator qarama-qarshilik va kamchiliklarga ega. Asrimiz boshlarida AQSHda tuproqshunoslikning asoschisi bo‘lgan geolog M.Uitni tuproq xaritalari tuzishni boshqarib, tuproq nomini mexanik tarkib yoki tarqalgan joyning nomi "Vashington qumoq tuproqlari" yoki "Chikago loylari" deb nomlagan. Hozirgi Amerikaning yirik masshtabli tuproq xaritalarida tuproq seriyalari saqlanib qolgan. Biroq keyingi yillarda K.F.Marbut tuproq guruhlari degan atamalarni kiritib, Rossiya va Yevropada qabul qilingan nomenklaturadan (podzol, chernozyom, burozyom, serozyom, rendzim) foydalandi, 50-yillarda AQSHda tuproq tasnifi qaytadan ishlab chiqildi. Nomenklatura asosida grek-lotin nomlari asos qilib olindi. Masalan, Vertisol, Mollisol, “tuproqni ag‘darish”, “yumshoq” degan so‘zlardan olingan. Bu nomenklatura dunyo tuproqshunoslari tomonidan to‘liq qabul qilinmadi, ammo ba’zi bir belgilari tuproq tasnifida ishlatiladi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling