H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik
119
27-bob. Tuproq sistematikasi majmualari
Tuproq sistematikasi yer yuzasida tarqalgan tuproqlarning turlari,
ularning turli guruhlari o‘rtasidagi munosabat bilan uzviy bog‘liqligi,
morfologik
tuzilishi, xossa va tarkibiy o‘xshashligiga qarab aniqlanadi.
Tuproq sistematikasining asosiy maqsadi, dunyo bo‘yicha tarqalgan
tuproqlar tasnifini ishlab chiqishdir. Tuproq
sistematikasi tarixiy va
geografik solishtirish usulidan foydaladi. Tuproqshunoslikning barcha
bo‘limlari tuproq evolyutsiyasi qonuniyatlari hamda ko‘rsatkichlaridan
foydalanadi. Tuproq sistematikasiga asoslanib,
dunyodagi mavjud
tuproqlardan oqilona va samarali foydalanish masalasi hal qilinadi.
Sistematika asoslari rus tuproqshunoslari V.V. Dokuchayev,
N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, L.I.Prasolov, Ye.N.Ivanova, N.N.Rozov,
V.M.Fridlandlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Tuproq sistematikasi, asosan, uchta masalani
oydinlashtirishi lozim,
ya’ni: 1) tuproqlar orasidagi sifat va miqdoriy farqlarini aniqlash; 2)
tuproqni iloji boricha, miqdoriy to‘la
tavsiflash; 3) barcha tuproqlarni
aniqlab, ilmiy tasnifini ishlab chiqish. Tuproq sistematikasida ishlab
chiqilgan va qo‘llanilayotgan
nomenklatura, taksonomiya va tuproq
diagnostikasi asosida dunyo tuproqlarining tasnifi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: