H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik
116
so‘lishi koeffitsiyenti miqdoriga yaqin yoki undan kam bo‘ladi. Yomg‘ir
yoqqan davrda tuproqning yuza qatlami nam bo‘lishi mumkin.
Yuvilmaydigan, quruq, terlaydigan suv rejimi
, arid va semiarid
iqlim
mintaqalarida, yer osti suvi yaqin bo‘lgan sho‘rxok va sho‘rtob
o‘tloqi tuproqlarga to‘g‘ri keladi. Suv kapillyarlardan ko‘tarilib, bug‘lanib
turadi, natijada, o‘tloqi sho‘rxok tuproqlar hosil bo‘ladi.
Destruktiv terlaydigan suv rejimi
yer osti suvlari, kapillyar yoriqlar
orqali ko‘tarilib, yer ustiga chiqmaydi. Bu vazifani o‘simliklar ildizi
bajaradi. Sizot suvlari tarkibidagi tuzlar tuproq
yuzasida va qatlamlarida
yig‘iladi. O‘tloqi tuproqlar, ya’ni qora, kashtan, jigarrang o‘tloqi va boshqa
yarimgidromorf tuproqlar bunga misol bo‘ladi. Tuproqdagi suv yog‘in
ko‘p bo‘lganda pastga va kam yoqqanda esa yuqoriga tomon harakat
qiladi.
Doimiy suv oqib turadigan suv rejimiga daryolar atrofidagi o‘tloqi
tuproqlar misol bo‘lishi mumkin. Bularga botqoq, o‘tloqi-botqoq, botqoq-
o‘tloqi, o‘tloqi-allyuvial, allyuvial tuproqlarni misol qilish mumkin.
Sinov savollari:
1. Tuproq hosil bo‘lish dinamikasi va rejimi nima?
2. Tuproqning issiqlik rejimi tiplarini ayting?
3. Tuproqning suv rejimi va uning turlari qanday?
4. Suv rejimining tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyatini tushuntiring?
Do'stlaringiz bilan baham: