Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
-rasm . Kichik biologik doirada moddalarning aylanishi
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinov savollari
18-rasm
. Kichik biologik doirada moddalarning aylanishi. Kichik biologik jarayon, geologik doiraning bir bo‘lagi bo‘lib, tuproq biogeokimyosida moddalar almashinuvida, qaytarilishida va siklida katta rol o‘ynaydi. O‘simlik o‘sishi va rivojlanishida tuproqdagi kul elementlarini iste’mol qilib, biokimyoviy o‘zgarishlardan so‘ng ma’lum qismi hayvonot dunyosi tomonidan foydalanilgandan so‘ng, chirish nati- jasida tuproqqa qaytariladi. Insoniyat ta’siri natijasida kichik biologik doira bo‘ylab moddalar almashinuvida o‘zgarishlar ro‘y beradi: 1) yangi qishloq xo‘jaligi dalalari, yaylovlari, o‘rmonchilik, tabiiy o‘simlik dunyosiga putur yetkazadi; 2) yerlardan boshqa maqsadda foydalanish; 3) yerga mineral o‘g‘itlarni solish; 4) tuproq rejimini o‘zgartirish. Bu jarayonlar mexanizmlariga azot birikmalarining o‘tloq va bug‘doy dalasidagi biologik doirani misol qilsa bo‘ladi. Biz yuqorida paxta dalasida fosforning aylanishini ko‘rib chiqdik. Misol tariqasida azot, fosfor, kaliy, mikroelementlar, SO 2 va boshqa moddalarning kichik biologik doirada aylanishini ko‘rib chiqish mumkin. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 113 Sinov savollari: 1. Biomassaning tuproq qoplamida to‘planishini tushuntiring? 2. Suv, uglerod, azot, kaliy, kalsiy va fosfor hosil bo‘lishida chirish jarayonining rolini ko‘rsating? 3. Cho‘l va madaniylashgan dalalar ekotizimida biologik doira bo‘ylab moddalarning aylanishini tushuntiring? 4. Biologik doirada moddalar aylanishida tuproq qoplamining roli qanday? 24-bob. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlari Tuproq hosil bo‘lishi jarayoni deganda, biz tabiiy sharoitda tog‘ jinslari va yotqiziqlar ustida tabiiy va inson ta’sirida tuproq qoplamining shakllanishi, uning rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni tog‘ jinslari va ularning yemirilgan hamda suv yordamida akkumulyatsiya qilingan, glyatsial, eol va gravitatsion to‘plangan mahsulotlarining tirik jonivorlar tomonidan o‘zlashtirilishidan boshlanadi. Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishining 1-bosqichi tog‘ jinslari, magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinslarning yemirilishi davriga to‘g‘ri keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq hosil bo‘lishi yemirilish qobig‘i bilan birgalikda rivojlanadi. Oldingi geologik abiotik davrda hosil bo‘lgan yotqiziqlarda, tuproqlar bo‘linmagan va faqat tog‘ jinslarining yemirilgan qobiqlari ishtirok etgan, xolos. Shuning uchun tuproq va yer yemirilish qobig‘ining hosil bo‘lish jarayoni alohida o‘rinni egallaydi. Birinchi jarayonda faqat tog‘ jinslari yemirilib, minerallar o‘zgaradi, maydalanadi, gravitatsion oqimlar bilan yo‘nalib, yerning relyefi bo‘yicha o‘lchamlariga qarab yig‘ilmalar va to‘plamalar hosil qiladi. Tuproq esa, biokos tizim mahsulotning gumusligi, genetik profil qatlamlaridan iborat bo‘lib, ma’lum morfologik tuzilishga ega bo‘ladi va unumdorligi bilan ajralib turadigan tabiiy-tarixiy mahsulotdir. Tog‘ jinslari va ularning yemirilishidan hosil bo‘lgan yotqiziqlar, cho‘kindilar va yemirilgan jinslarning barchasi geologik jarayon mahsuloti hisoblanib, yer yuzida elyuvial, o‘tuvchi (tranzit) yoki akkumulyativ yer qobiqni hosil qiladi, tuproq qoplamini hosil qiluvchi ona jins hisoblanadi. Tog‘ jinsining yemirilishidan tamomila boshqacha g‘ovakligi, yumshoqligi, qatlamligi, havo va suv o‘tkazuvchanligi, birlamchi va ikkilamchi, kolloid minerallarning mavjudligi, biofil elementlarning to‘planishi bilan farq qiladi. Tuproqqa xos xususiyatlar va tarkib mujassamlashadi. Hosil bo‘lgan yotqiziqlar ustida dastlab primitiv tuproqlar hosil bo‘la boshlaydi. Yuqorida keltirib o‘tilgan 6 omil ta’sirida tuproqning yetuk profili va genetik qatlamlari hosil H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 114 bo‘ladi. Tuproqning evolyutsiya davri boshlanaadi va natijada shakllangan profil hosil bo‘ladi yoki teskari jarayon eroziya yoki sho‘rlanish avj olishi mumkin. Masalan, botqoq tuproqlar qurib o‘tloqi botqoq, o‘tloqi, sho‘rxoqlar yoki cho‘l tuproqlariga aylanishi mumkin. Tuproq hosil bo‘lish jarayoni relyef va geokimyoviy jarayonlarga bog‘liq. Ularga adirlar, daryo pillapoyalari, konus-vinoslar misol bo‘ladi. Shuning uchun tekislik va vodiylarda tuproq hosil bo‘lishida suv-akkumulyativ, gidromorf, yarimgidromorf jarayonlar ustunlik qiladi. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling