Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


-rasm . Kichik biologik doirada moddalarning aylanishi


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

18-rasm
Kichik biologik doirada moddalarning aylanishi. 
Kichik biologik jarayon, geologik doiraning bir bo‘lagi bo‘lib, tuproq 
biogeokimyosida moddalar almashinuvida, qaytarilishida va siklida katta 
rol o‘ynaydi. O‘simlik o‘sishi va rivojlanishida tuproqdagi kul 
elementlarini iste’mol qilib, biokimyoviy o‘zgarishlardan so‘ng ma’lum 
qismi hayvonot dunyosi tomonidan foydalanilgandan so‘ng, chirish nati-
jasida tuproqqa qaytariladi. Insoniyat ta’siri natijasida kichik biologik doira 
bo‘ylab moddalar almashinuvida o‘zgarishlar ro‘y beradi: 1) yangi qishloq 
xo‘jaligi dalalari, yaylovlari, o‘rmonchilik, tabiiy o‘simlik dunyosiga putur 
yetkazadi; 2) yerlardan boshqa maqsadda foydalanish; 3) yerga mineral 
o‘g‘itlarni solish; 4) tuproq rejimini o‘zgartirish. Bu jarayonlar 
mexanizmlariga azot birikmalarining o‘tloq va bug‘doy dalasidagi biologik 
doirani misol qilsa bo‘ladi. Biz yuqorida paxta dalasida fosforning 
aylanishini ko‘rib chiqdik. Misol tariqasida azot, fosfor, kaliy, 
mikroelementlar, SO
2
va boshqa moddalarning kichik biologik doirada 
aylanishini ko‘rib chiqish mumkin. 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
113 
Sinov savollari: 
1. Biomassaning tuproq qoplamida to‘planishini tushuntiring? 
2. Suv, uglerod, azot, kaliy, kalsiy va fosfor hosil bo‘lishida chirish 
jarayonining rolini ko‘rsating? 
3. Cho‘l va madaniylashgan dalalar ekotizimida biologik doira bo‘ylab 
moddalarning aylanishini tushuntiring? 
4. Biologik doirada moddalar aylanishida tuproq qoplamining roli 
qanday? 
 
24-bob. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlari 
Tuproq hosil bo‘lishi jarayoni deganda, biz tabiiy sharoitda tog‘ 
jinslari va yotqiziqlar ustida tabiiy va inson ta’sirida tuproq qoplamining 
shakllanishi, uning rivojlanishi va evolyutsiyasini tushunamiz. Tuproq 
hosil bo‘lish jarayoni tog‘ jinslari va ularning yemirilgan hamda suv 
yordamida akkumulyatsiya qilingan, glyatsial, eol va gravitatsion 
to‘plangan mahsulotlarining tirik jonivorlar tomonidan o‘zlashtirilishidan 
boshlanadi. Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishining 1-bosqichi tog‘ jinslari, 
magmatik, metamorfik va cho‘kindi jinslarning yemirilishi davriga to‘g‘ri 
keladi. Bu jarayon va davr ichida tuproq hosil bo‘lishi yemirilish qobig‘i 
bilan birgalikda rivojlanadi. Oldingi geologik abiotik davrda hosil bo‘lgan 
yotqiziqlarda, tuproqlar bo‘linmagan va faqat tog‘ jinslarining yemirilgan 
qobiqlari ishtirok etgan, xolos. Shuning uchun tuproq va yer yemirilish 
qobig‘ining hosil bo‘lish jarayoni alohida o‘rinni egallaydi. Birinchi 
jarayonda faqat tog‘ jinslari yemirilib, minerallar o‘zgaradi, maydalanadi
gravitatsion oqimlar bilan yo‘nalib, yerning relyefi bo‘yicha o‘lchamlariga 
qarab yig‘ilmalar va to‘plamalar hosil qiladi. Tuproq esa, biokos tizim 
mahsulotning gumusligi, genetik profil qatlamlaridan iborat bo‘lib, ma’lum 
morfologik tuzilishga ega bo‘ladi va unumdorligi bilan ajralib turadigan 
tabiiy-tarixiy mahsulotdir. Tog‘ jinslari va ularning yemirilishidan hosil 
bo‘lgan yotqiziqlar, cho‘kindilar va yemirilgan jinslarning barchasi 
geologik jarayon mahsuloti hisoblanib, yer yuzida elyuvial, o‘tuvchi 
(tranzit) yoki akkumulyativ yer qobiqni hosil qiladi, tuproq qoplamini hosil 
qiluvchi ona jins hisoblanadi. Tog‘ jinsining yemirilishidan tamomila 
boshqacha 
g‘ovakligi, 
yumshoqligi, 
qatlamligi, 
havo 
va 
suv 
o‘tkazuvchanligi, birlamchi va ikkilamchi, kolloid minerallarning 
mavjudligi, biofil elementlarning to‘planishi bilan farq qiladi. Tuproqqa 
xos xususiyatlar va tarkib mujassamlashadi. Hosil bo‘lgan yotqiziqlar 
ustida dastlab primitiv tuproqlar hosil bo‘la boshlaydi. Yuqorida keltirib 
o‘tilgan 6 omil ta’sirida tuproqning yetuk profili va genetik qatlamlari hosil 


H.
Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 
114 
bo‘ladi. Tuproqning evolyutsiya davri boshlanaadi va natijada shakllangan 
profil hosil bo‘ladi yoki teskari jarayon eroziya yoki sho‘rlanish avj olishi 
mumkin. Masalan, botqoq tuproqlar qurib o‘tloqi botqoq, o‘tloqi, 
sho‘rxoqlar yoki cho‘l tuproqlariga aylanishi mumkin. Tuproq hosil bo‘lish 
jarayoni relyef va geokimyoviy jarayonlarga bog‘liq. Ularga adirlar, daryo 
pillapoyalari, konus-vinoslar misol bo‘ladi. Shuning uchun tekislik va 
vodiylarda tuproq hosil bo‘lishida suv-akkumulyativ, gidromorf, 
yarimgidromorf jarayonlar ustunlik qiladi. 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling