Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин


Download 305.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/123
Sana26.10.2023
Hajmi305.09 Kb.
#1724512
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   123
Bog'liq
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1

 
 
 
 
17-rasm. 
Tuproq-o‘simlik-atmosfera yagona tizimidagi o‘zaro bog‘langan
moddalar aylanishi. 
Moddalarning yer ustida texnobiogeokimyoviy aylanishi bir necha 
mustaqil qatorlar, ya’ni biogen, abiotik, geologik va texnogen 
jarayonlardan iborat bo‘lib, ular bir necha bosqichni tashkil etadi, ya’ni yer 
Yer yuziga otilib chiqqan tog‘ jinslari - yemirilish - tuproq hosil bo‘lishi - 
eroziya va denudatsiya - kontinental va okeanlarda cho‘kindi yig‘ma 
jinslarning to‘planishi - ularning metamorfik o‘zgarishi - cho‘kindi tog‘ 
elementlarining yer yuzasiga chiqib yangidan yemirilishi, tuproq hosil 
bo‘lishi, shamol bilan olib kelinishi, yangidan moddalar to‘planishi, 
geosinklinal viloyatlarda cho‘kishi, yer mantiyasiga o‘tishi, lavaga aylanib 
qaytadan vulqon tariqasida yer yuzasiga qaytib chiqadi.
Tog‘ jinslarining yemirilishi 
katta geologik doira bo‘ylab 
moddalarning 
yer 
yuzasida 
aylanishining boshlang‘ich 
birinchi 
bosqichidir. Qattiq tog‘ jinslari, ya’ni magmatik, metamorfik, cho‘kindi 
turli termodinamik sharoitda hosil bo‘ladi. Bu tog‘ jinslari atmosfera
gidrosfera va biosfera agentlari ta’sirida yemirilib, yerning yemirilgan 
mahsulotlardan iborat qobig‘ini hosil qiladi. Bu qobiq elyuvial, tranzit, 
akkumulyativ, ya’ni hozirgi zamon, qadimgi yoki qazilma holatda bo‘lishi 
mumkin. 
N.I.Ginzburg bo‘yicha (1963) elyuvial qoldiq yer qobig‘i pastdan 
yuqoriga qarab 4 qismga bo‘linadi, ya’ni: 1) boshlang‘ich bosqichda 
birlamchi minerallar yemirilib, kationlar va nordon eritmalarni hosil qiladi. 
Birinchi bosqich, eng past qismdagi jinslar yoriqlar orqali gidratatsiya va 
yuvilish natijasida fizik yemirilish jarayonida harakatga keladi; 2) 
gidratatsiya va gidroliz jarayonilari rivojlanib, chuqurlashadi va zonalarni 

Download 305.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling