Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
ASOSIY KALIT JARAYONLAR
Uglerod aylanishi Azotning aylanishi Suvning aylanishi Atmosfera Tuproq Fonosintez Nafas olish Biomassaning parchalanishi Gumifikatsiya Yog’ingarchiulik Evapotranspiratsiya Infiltratsiya Oqim Olib ketish Mineralizatsiya Parchalanish Olib kelish H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 111 hosil qiladi, 3) gidroliz zonasi va oxirgi yuvilish bosqichi hosil bo‘ladi, 4) yuza zona, ya’ni gidroliz jarayonida oxirgi mahsulot oksidlar va gidrooksidlar hosil bo‘ladi. Bu qatlamlarning qalinligi turlicha bo‘ladi. Yemirilish jarayoni fizik (mexanik), kimyoviy va biologik kabi toyifalarga bo‘linadi. Fizik yemirilishda tog‘ jinslarning issiqlik va sovuqlik ta’sirida torayishi va kengayishi, hamda yoriqlarga suv, shamolning mexanik ta’siri, suv, muz, gravitatsion yoki suv oqimidagi ishqalanishi, o‘simlik ildizi ta’sirida qattiq tog‘ jinslarining g‘ovaklanishi va yumshoqlanishi natijasida 2,5-2,6 g/sm 3 qattiqlikka ega bo‘lgan tog‘ jinslari, zichligi 1,2-1,5 g/sm 2 bo‘lgan yumshoq yer qobig‘iga aylanadi. Pirovardida, yemirilgan mahsulotning solishtirma yuzasi nihoyatda kengayib, dispersligi oshadi va kimyoviy jarayonning rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi. Kimyoviy jarayonning avj olishi tog‘ jinslarning suvda erishi bilan boshlanadi. Maydalangan tog‘ jinsidagi kation va anionlar suvga o‘tadi, ya’ni birinchi bosqich silikatlar, alyuminatlar, ishqoriy karbonatlar va ishqoriy yer elementlari erib, ishqoriy muhit hosil bo‘ladi. So‘ngra neytral, ishqoriy va kislotali muhit rivojlanadi. Masalan, erish jarayonida granit 30-35%, bazalt 75-90 %, ohaktosh esa 99 % hajmini yo‘qotishi mumkin. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling