Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqning suv rejimi
Sinov savollari: 1. Tuproq hosil bo‘lishi deganda nima tushuniladi? 2. Tuproq hosil bo‘lishida organik va mineral moddalarning relyefga binoan tarqalishi qanday bo‘ladi? 3. Tuproq evolyutsiyasi nima? 4. Tuproq kesmasi va genetik qatlamlarning hosil bo‘lishi nima degani? 5. Elementar tuproq hosil bo‘lish jarayonlarini tushuntiring? 25-bob. Tuproq hosil bo‘lish rejimi Tuproq tarkibi va holati, almashinuvchi moddalar, tuproq energiyasi va uning tashqi muhit bilan sutka, mavsum va yil davomida bo‘ladigan almashinuviga tuproq rejimi deyiladi. U o‘z ichidan suv, issiqlik, oksidlanish-qaytarilish, sho‘rlanish, oziqlanish, havo va boshqa rejimlarga bo‘linadi. Tuproq hosil bo‘lish dinamikasi va energetikasida suv va issiqlik rejimi alohida o‘rinni egallaydi. Tuproqning suv rejimi deb, asosan, namlikning tuproqda paydo bo‘lishi, harakati, o‘zgarishi, fizik holati hamda suvning tuproqdan sarf qilinish jarayonlariga aytiladi. Suv rejimiga doir asosiy ishlarni rus olimlari olib borgan. G.N.Visotskiy (1865-1940), A.A.Izmailskiy (1851-1914), A.F.Lebedev (1882-1936), N.A.Kachinskiylar (1894-1979) shular jumlasidandir. Tuproq suv rejimini, ya’ni singdirish, o‘tkazuvchanligi, kapillyar ko‘tarilishi, yer yuzi, pastga va yon tarafga o‘tishi, fizik bug‘lanish, destruksiya, muzlash, erish, kondensatsiya qilinishi jarayonlarini A.A.Rode (1896-1979) mukammal o‘rgangan. Mazkur ko‘rsatkichlarning miqdoriy o‘zgarishi, kislota va asos munosabati, tuproq profilida namlikning yil va fasl mobaynida o‘zgarishi, ularning zahirasi, namlik darajasi, tuproqning suv rejimi, tipini belgilaydi. Suv rejimining shakllanishi tuproqning relyefda joylanishi, iqlim sharoiti, tuproq va ona jinsning suv xossalari, yer osti suvlarining ahvoli, bo‘lish va bo‘lmasligi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling