Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
-bob. Moddalarning tuproq hosil bo‘lishidagi balansi
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Si, Al, G‘e
26-bob. Moddalarning tuproq hosil bo‘lishidagi balansi Tuproq hosil bo‘lishi jarayonida modda va energetik balans to‘rtta komponentni tashkil qiladi, ya’ni: 1) tuproqqa moddalar va energiyaning kelishi; 2) tuproqdagi moddalar va energiyaning o‘zgarishi; 3) tuproqdagi energiya va moddalarning harakati; 4) tuproqdan moddalar va energiyaning sarf bo‘lishi. Bu ko‘rsatilgan moddalar va energiyaning tuproqqa kelishi va ketishi sifat hamda miqdoriy jihatdan organik va mineral moddalarning tarqatilishi va o‘zgarishi tuproq hosil bo‘lishi jarayonining birligi, tuproqning tarkibi, tuzilishi, xossa va xususiyatlarini belgilaydi. Ular asosida tuproq moddalarining tuproq hosil bo‘lishidagi muvozanatini, ya’ni mahlum bir vaqt ichida kelishini va tuproqdan chiqib ketishini (sarf qilinishini) belgilaydi. V.A.Kovda (1946, 1947, 1973) moddalar balansi turlarining vaqtga bo‘lgan aloqasini aniqlagan: 1) joyning asr davomida geologik vaqt bilan belgilanadigan geomorfologiyasini shakllantiruvchi balans; 2) davriyligi 11-25 yilni o‘z ichiga oladigan quyosh aktivligiga bog‘liq hamda vaqt H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 117 yerning yillik gidrologik o‘zgarishi balansi; 4) sug‘oriladigan yerlarda sug‘orishning qisqa davri oralig‘ida hosil bo‘lgan moddalar balansi. Organik moddalar, azot, suv, mineral elementlar va suvda eriydigan tuzlar balansi sifat jihatdan bir-biridan farqlanadi. Masalan, organik moddalar va azotning balansi biotalarning hayoti bilan chambarchas bog‘liq. Suv balansida biotik va abiotik omillar, ayniqsa, so‘nggisi katta rol o‘ynaydi. Tuproq tarkibiga chetdan kiradigan, balans elementlari quyidagilardan iborat: 1) o‘simlik va hayvonot dunyosining qoldiqlaridagi uglerod, azot va kul elementlari; 2) yuqorida ko‘rsatilgan elementlar tuproqqa keladigan o‘simlik ildizlari chiqindilari va daraxt tagidagi suv orqali; 3) mikroorganizmlar yordamida atmosferadan fiksatsiya qiladigan azot; 4) atmosfera yog‘inlari yordamida keladigan moddalar; 5) shamol yordamida keladigan moddalar; 6) suv loyqalari yordamida to‘planadigan moddalar; 7) suv yordamida keladigan moddalar; 8) tuproqqa yon tomondan suv yordamida oqib keladigan moddalar; 9) kapillyar yer osti suvlari yordamida ko‘tarilib to‘planadigan moddalar; 10) o‘g‘itlar, meliorantlar, pestitsidlar, irrigatsion suvlar yordamida keladigan moddalar. Tuproqda sarf qilinadigan balans moddalar: azotning denitrifikatsiya jarayonida sarf etilishi: 1) tuproq qatlamidan moddalarning suv yordamida yer osti suvlariga o‘tkazilishi; 2) moddalarning tuproq yon tarafiga o‘tishi; 3) moddalarning yer ustidagi suvlari loyqa yordamida olib ketilishi; 4) moddalarni yer usti suvlari bilan olib ketilishi; 5) moddalarning shamol yordamida olib ketilishi; 6) azot va boshqa mineral moddalarni qishloq xo‘jalik ekinlari hosili, yem-xashak va yog‘och materiallari orqali olib ketilishi. Elementlar balansida bioiqlim va geokimyoviy sharoit katta rol o‘ynaydi. Tuproqdagi kirim va chiqim balansi bioiqlim sharoitida turlicha bo‘ladi. Masalan, uglerod cho‘l mintaqasi o‘simlik qoplamida 1000 kg/ga, sernam tropik o‘rmonlarda esa 14000 kg/gani tashkil qiladi, azot kirimi turli mintaqalarda 10 dan to 500 kg/ga, yer yuzasidagi suv olib ketilishi esa 0-300 kg/ga doirasida bo‘ladi. Elementlar balansi tuproq qoplami relyefining qaysi geokimyoviy landshaftida hosil bo‘lganligiga bog‘liq. Tuproqda elementlar balansi ijobiy, salbiy va nolga teng bo‘lishi mumkin. Ijobiy balans absolyut, nisbiy va qoldiq holatida bo‘lishi mumkin. Masalan, uglerod va azot tuproqda o‘simlik va tirik organizmlarning faoliyati natijasida to‘planishi mumkin. Arid tuproqlarda moddalar yer usti, yonboshi va sizot suvlarida to‘planishi mumkin. Gumid iqlimi tuproqlarda esa moddalar yog‘adigan yog‘in yordamida tarqatiladi, biroq Si, Al, G‘e, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling