Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari: 1. Moddalarning katta geologik doira bo‘ylab aylanish qonuniyatlarini tushuntiring? 2. Tog‘ jinslari va minerallarning yemirilishi qanday kechadi? 3. Yemirilish qobig‘i nima? 4. Suv, uglerod, azot, fosfor, oltingugurt va boshqa moddalarning katta geologik doira bo‘ylab aylanishini tushuntiring? 5. Moddalarning geologik doira bo‘ylab aylanishini boshqarish va muvozanatda saqlab turishning ahamiyati qanday? 23-bob. Kichik biologik doira bo‘ylab harakat qiladigan kimyoviy moddalarning tuproq hosil bo‘lishidagi ahamiyati Kichik biologik doira bo‘ylab modda almashishida ishtirok etuvchi oziqa elementlari tarkibiga azot, fosfor, kaliy, biofil va o‘simlik kuli tarkibiga kiruvchi moddalarni olish mumkin (18-rasm). S.A.Kudrin fosforning Andijon viloyati agrotizimidagi yillik balansini o‘rgangan olimdir. G‘o‘za va beda yetishtirilayotgan yerga 150 kg/ga fosfor o‘g‘iti solindi. Shundan g‘o‘za rivojlanib, hosil olingan davrgacha 97 kg/ga, beda esa 23 kg/ga fosforni tuproqdan o‘zlashtirgan. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 112 Jami 120 kg/ga fosfor har ikkala o‘simlik tomonidan iste’mol qilingan. Foydalanilmay qolgan fosfor o‘g‘iti 30 kg/ga dan iborat. Tuproq tarkibiga qaytarilgan fosfor balansida: g‘o‘zaning qoldig‘i (bargi, ildizlari) bilan 15 kg/ga, bedaning ildizlari orqali tuproqqa 5 kg/ga, go‘ng bilan 19 kg/ga qaytarilgan. Tuproq tarkibidan esa fosforning 82 kg/ga paxta hosili bilan, chorvachilik mahsulotlari bilan 0,2 kg/ga, go‘ng tarkibida isroflanish 8 kg/ga, jami 90,2 kg/ga sarf etilgan. Yillik jarayonda tuproq tarkibidagi 60 kg/ga fosfor qolib, karbonatli birikmalar bilan reaksiyaga kirishib, o‘simlik ololmaydigan moddalar holatiga o‘tib ketgan. Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling