Тупроқшунослик-ўқув қўлланма-лотин
Download 305.09 Kb. Pdf ko'rish
|
EDlmz6vk9u6yqgN3DYxf7G4SMYJr5CBRzY39cKb1
Sinov savollari: 1. Tuproqning organik tarkibini qanday moddalar tashkil qiladi? 2. Tuproq gumusi deganda nimani tushunasiz? 3. Tuproqda gumus qanday paydo bo‘ladi? 4. Gumusning tarkibi va uning tuproq unumdorligidagi ahamiyati qanday? 5. Tuproqdagi gumusni o‘rganish usullari qanday? 10-bob. Tuproqning suv xossalari Suvning tuproqdagi ahamiyati juda katta. Birinchidan, u fiziko- kimyoviy faol tizim, ya’ni tuproqdagi moddalarni erituvchi sifatida, ikkinchidan esa, geokimyoviy transport vazifasini bajaradi. Tuproq hosil bo‘lishi jarayonlarida, minerallarning yemirilishi, yangidan hosil bo‘lishi, gumusning shakllanishi va kimyoviy jarayonlarining rivojlanishi, kesmada genetik qatlamlar shakllanishi, tuproqdagi dinamik jarayonlarning ketishi bevosita suvga bog‘liq. Suv, tuproqda termoregulyator omil sifatida, suv balansi va rejimini belgilab beradi. Bundan tashqari, issiqlik balansi va tuproq harorati rejimi ham suvga bog‘liq. Tuproq unumdorligi, o‘simlikning rivojlanishida eng muhim omil – namlik suv bilan bog‘liq. Tuproqdagi suvning holati, harakati o‘simlikning suv istehmol qilishi, suv-fizik xossalari va rejimi A.A.Izmailskiy (1851-1914), G.N.Visotskiy (1865-1940), A.F.Lebedev (1882-1936), A.G.Doyarenko (1874-1958), S.I.Dolgov (1905-1974), N.A.Kachinskiy (1894-1976), A.A.Rode (1897- 1979) tomonidan o‘rganilib, tuproq gidrologiyasi va gidrofizikasi yo‘nalishlariga asos solindi. H. Х.Тursunov. Тuproqshunoslik 74 Suv tuproqda turli shaklda bo‘lib, uning issiqlik sig‘imi, termodinamik potensiali, zichligi, qovushqoqligi, solishtirma sig‘imi, kimyoviy tarkibi, molekulyar harakati, uning osmotik bosimiga ta’sir qiladi. Yuqoridagi xossalar suvning shakli va tuproqning qattiq, suyuq va gaz holati bilan bog‘liq. Tuproqdagi har xil holatdagi suv, uning kategoriyalari va turlari degan nom bilan yurgizilib, ko‘p olimlar tomonidan tasnifi ishlab chiqildi. A.A.Rode (1965) tomonidan beshta holati ishlab chiqilgan. Suv tuproqda muz holatda bo‘lib, suyuq va bug‘ holatidagi suv, suv manbai hisoblanadi. Muz holatidagi suv tuproq haroratining pasayib ketishidan hosil bo‘lib, bunday holat qish va kuz faslida ro‘y beradi. Tuproq eritmasi mahlum konsentratsiyaga ega bo‘lganligi uchun u 0 0 S dan pastroqda muzlaydi. Kimyoviy bog‘langan suv o‘z ichiga konstitutsion va kristallizatsion turdagi suvni oladi. Birinchisi, gidrooksid ON guruhlaridan iborat bo‘lib, alyuminiy gidrooksid, temir, marganes, organik va organo-mineral, loyli minerallarni hosil qiladi. Ikkinchisi esa, o‘z ichiga suv molekulalarini oladigan kristallogidrat tuzlar, ya’ni gips CaSO 4 ·2H 2 O, mirabilit Na 2 SO 4 ·10H 2 O tarkibidagi suvdir. Konstitutsion va kristallizatsion suvlarni, odatda, gidrat yoki kristallogidrat suv deb umumlashtirish ham mumkin. Bu turdagi suvlar tuproq mineral fazasi tarkibiga kiradi, turg‘un, harakatsiz va erituvchilik xususiyatidan xolidir. Tuproq g‘ovaklari va havosida bug‘simon suv uchrab, uning manbai atmosfera havosidir. Bunda suv bosimi yuqori bo‘lgan muhitdan bosimi past joyga ko‘chib yuradi. Fizik bog‘langan yoki sorbsiya qilingan suv dipol molekulyar holatda suyuq yoki bug‘ holatida tuproq zarrachalari tomonidan yutilishi yoki zarrachalar atrofida parda hosil qilishi mumkin. Ular ikkita qattiq va bo‘sh bog‘langan parda suvga aylanadi. Qattiq bog‘langan suv deb bug‘ holatidagi suvning tuproq zarrachalari tomonidan yutilgan qismiga aytiladi. U gigroskopik suv deyiladi. Yuqori bosim 1-2·10 9 Pa ostida, tuproq zarrachalari atrofida yupqa parda hosil qiladi. Bu suv qattiq bo‘lib, uning zichligi 1,5-1,8 g/sm 3 , muzlamaydi, elektrolitlarni eritmaydi, qovushqoq bo‘lib, uni o‘simlik o‘zlashtiraolmaydi. Havo qanchalik nam bo‘lsa, tuproq ham shunchalik ko‘p suvni yutadi. Tuproq 94-98%da ham atmosferadan suv bug‘larini yutishi mumkin, u Download 305.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling