Turan international university
Matn lingvistikasi fanidan talabalar bilimini baholash mezonlari
Download 111.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Матн лингвистикаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 (a’lo) baho
- 3 (qoniqarli) baho
- 4. Yakuniy nazorat.
Matn lingvistikasi fanidan talabalar bilimini baholash mezonlari. 1. Talabalarning fanlarni o’zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi. Malakaviy amaliyot, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistraturada ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar hamda magistrlik dissertatsiyasi bo’yicha talabalar o’zlashtirishi ham 5 ballik tizimda baholanadi. 2. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi: 5 (a’lo) baho: xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustakil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish. 4 (yaxshi) baho: mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish. 3 (qoniqarli) baho: mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish. 2 (qoniqarsiz) baho: dasturni o’zlashtirmaganlik; fanning mohiyatini bilmaslik; aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; mustaqil fikrlay olmaslik. 3. Talabaning fan bo’yicha yakuniy bahosi semestrda belgilangan baholash turlari (OB, YaB) bo’yicha olingan ijobiy ballar (3, 4, 5)ning o’rtacha arifmetik miqdori sifatida aniqlanadi va yaxlitlanib butun sonlarda kaydnoma, sinov daftarchasi va talabalar o’zlashtirishini hisobga olish elektron tizimida shu kunning o’zida (baholash yozma ish shaklida o’tkazilgan bo’lsa, uch kun muddat ichida) qayd etiladi. Talabaning "2 (qoniqarsiz)" bahosi sinov daftarchasiga qayd etilmaydi. 4. Yakuniy nazorat. Yakuniy baholash test asosida bo'ladi. Nazorat savollari 1. Matn lingvistikasi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. 2. Fanning shakllanishi va rivojlanish tarixi. 3. Matn lingvistikasining boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqligi. 4. Matn tushunchasi. Matnning asosiy xususiyatlari. 5. Matnga turli yondashuvlar va matn lingvistikatikasining yetakchi kontseptsiyalari. 6. Matnning umumiy nazariyasi. 7. Matnning umumiy nazariyasi yo‘nalishi. 8. Matn grammatikasi va uning tadqiqot ob’ektlari va vazifalari. 9. Matn semantikasi va uning tadqiqot muammolari. 10. Matn stilistikasi. Matn stilistikasining asosiy muammolari. 11. Kognitiv uslub. 12. Stilistik vositalarning kontseptual ahamiyati. 13. Kompozitsion struktura. Muallifning idiostili tushunchasi. 14. Matn tipologiyasiga turli yondashuvlar. 15. Matn tipologiyasining kriteriyalari. 16. Matnga funktsional-stilistik yondashuv. 17. Matn turlari va janrlari. Matn geterogenligi. 18. Matn kategoriyalari hakida tushuncha. 19. Matn kategoriyalarining klassifikatsiyasi. 20. Matn kategoriyalari: modallik kategoriyalari, matn yaxlitligi va tugallanganligi kategoriyalari, matnda o‘rin-payt kategoriyalarini. 21. Informativlik kategoriyasi va uning turlari. 22. Emotivlik kategoriyasi va uning matnda ifodalanish yo‘llari. 23. Obrazlilik kategoriyasi va uning matnda ifodalanish yo‘llari. 24. Implitsitlik kategoriyasi va uning matnda ifodalanish yo‘llari. 25. Intertekstuallik kategoriyasi va uning matnda ifodalanish yo‘llari. 26. Pretsedent matn tushunchasi. Intertekst tushunchasi. 27. Intertekstuallikni matnda ifodalovchi til birliklari va stilistik vositalar: allyuziya, antonomaziya, sitata, epigraf. Allyuziya turlari. 28. Matnning kommunikativ mohiyati. 29. Adresat va adresant faktorlari. 30. Matn muloqotning asosiy va eng murakkab birligi sifatida. 31. Kommunikativ maqsad va intentsiyalari. 32. Matnni qabul qilish va interpretatsiyasi. 33. Diskurs tushunchasi. Diskurs tahlili. Diskurs turlari. 34. Tekstual kommunikatsiyasi nigohida G.Graysning kommunikativ qonunlari. 35. Matn pragmatikasi. Matnga pragmatik yondashuv. 36. Pragmatik intentsiya tushunchasi. 37. Pragmatik intentsiya turlari. 38. Badiiy matnda pragmatik vazifalar turlari: "diqqatni jalb etish»vazifasi, "qiziqishni uyg‘atish»vazifasi, "emotsional ta’sir ko‘rsatish»vazifasi, "bilimlar tuzilmasini aktuallashtirish»vazifasi, "kontseptual dunyoqarashni aks ettirish»vazifasi. 39. Matn ta’sir va tushunishning pragmatik effektivligi. 40. Tayanch tushunchalar: bilimlar tuzilmalari, kontseptualizatsiya, kontseptual tizimlar, kognitiv model, kategoriyalashtirish, freym, kontsept, kontseptual va lisoniy dunyo tasviri tushunchalari. 41. Matnda axborotni taqsimlash kognitiv printsiplari. "Axborotni ilgari surish»kognitiv printsipi va uning turlari. 42. Matnning kontseptual ahamiyati. 43. Lingvokulturema, madaniy kontsept, madaniy konnotatsiya, madaniy semalar, milliy dunyo tasviri tushunchalari. 44. Madaniy kontsept tushunchasi va uning badiiy matndagi kontseptual ahamiyati. 45. Sarlavhaning matnning kontseptual dunyo tasvirini namoyon etishdagi ahamiyati. 46. Madaniy kontseptlarning matnda verballashuvi. 47. Lingvistik sharxlash (kontekstual ma’nolar tahlili, denotativ va konnotativ ma’nolar birikishi tahlili, matn birliklarini, ularning lug‘atdagi ma’nolari bilan solishtirish). 48. Superlinear tahlil metodi (matnda implitsit ma’lumot signallarini aniqlash). 49. Stilistik eksperiment metodi (sinonimlar tanlash, matnni toraytirish va kengaytirish, perifraz, gapda kompressiyadan foydalanish, matnda aranjirovkaning turli ko‘rinishlari). 50. Kontseptual tahlil (odam kognitsiyasining yuzaki til tuzilmalari bilan aloqasini o‘rganishni nazarda tutadi). 51. Inferentsiya metodi (semantik kontseptualizatsiya jarayonida xulosaviy ma’nolarni olish). 52. Matn tahlilining statistik metodlari. Matnda freym tahlili. Matnda kross-madaniy tahlil Download 111.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling