Turan international university
Download 111.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Матн лингвистикаси
№
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: Berilgan topshiriqlar Bajar. muddat. Hajmi (soatda) I semestr 1. Diskurs tahlili: asosiy yondashuvlar uuuslublar Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish 1 -hafta 6 2. Matnlar tipologiyasi muammolari Adabiyotlardan konspekt qilish. Masalalar yechish. Mustaqil topshiriqlarni bajarish. 2 -hafta 6 3. Matn kategoriyalari Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish 3 -hafta 6 4. Matn informativligi va modalligi Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish 4 -hafta 6 5. Matn muallifining individual dunyo tasviri Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish 5 -hafta 6 6. Matnning bo‘linishi, uning kompozitsion bo‘laklari Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish 6 -hafta 6 7. Badiiy matnning asosiy xususiyatlari. Adabiyotlardan konspekt qilish. Masalalar yechish. Mustaqil topshiriqlarni bajarish. 7 -hafta 6 8. Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti materiali asosida badiiy matnning har taraflama stilistik tahlili va talqini Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish 8 -hafta 6 9. Matnda til vositalarining stilistik pragmatik funktsiyalari Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish topshiriqlarni bajarish 9 -hafta 6 10. Badiiy matnni qabul qilish muammolari Adabiyotlardan konspekt qilish. Masalalar yechish. Mustaqil topshiriqlarni bajarish. 10 -hafta 6 11. Matnda axborotni taqsimlash kognitiv printsiplari Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish 11-hafta 8 12. Pragmatik intentsiya tushunchasi. Pragmatik intentsiya turlari Adabiyotlardan konspekt qilish. Individual topshiriqlarni bajarish 12 -hafta 8 Jami 60 3 V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) F Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: matn lingvistikasi fanining nazariy va amaliy yutuqlari; undagi turli nazariy qarashlar va yetakchi konsepsiyalar; tadqiqotlarda ilmiylik va manbalarga asoslanib fikr yuritish talablari; matn lingvistikasining metodologik prinsiplar va tamoyillar, matn nazariyasiga turli yondashuvlar to‘g‘risida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi; o‘rganilayotgan fanlarning terminologik apparati, qonuniyatlari va asosiy tushunchalarini; matn lingvistikasining asosiy yo‘nalishlari va ularning xususiyatlarini; matn kategoriyalari: informativlik, modallik kategoriyalari, matn yaxlitligi va tugallanganligi kategoriyalari, matnda o‘rin-payt kategoriyalarini; matn turlari va ularning xususiyatlarini; badiiy matn va uning asosiy kategoriyalari tahlil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; matnni tahlil qilish metodlarini (lingvistik sharhlash, superlinear tahlil metodi, semantik, stilistik, konseptual tahlil, inferensiya metodi, matn tahlilining statistik metodlari) bilish va ularni matn tahlili jarayonida qo‘llash; matnni nazariy-pragmatik, lingvokulturologik, stilistik jihatlarini tahlil qilish; egallagan bilimlarni o‘z ilmiy tadqiqot amaliyotida qo‘llash malakalariga ega bo‘lishi lozim. 4 VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari: Fanni o‘zlashtirish uchun o‘qitishning zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalaniladi: guruhli muzokaralar, jamoa loyihalari, juftliklar bo‘lib topshiriqlarni bajarish, yakka holda ma’lum mavzu bo‘yicha prezentatsiyalar qilish, davra suhbatlari o‘tkazish, diskussiya, klaster, bahs – munozara, refleksiv usullar (tahlil, qiyoslash, sintez, baholash). Axborot texnologiyalari, jumladan, multimedia vositalari yordamida mashg‘ulotlar tashkil etiladi, Power Point, Prezi dasturlari yordamida prezentatsiyalar yaratiladi. MOODLE platformasiga fan bo‘yicha dasrlik va o‘quv qo‘llanmalar, media resurslar va testlar joylashtiriladi. 5 VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtira olish; fanga oid ma’lumotlarni tahlil qilishda ijodiy fikrlay olish; matn lingvistikasining nazariy masalalariga oid xulosa va qaror qilish; matnda tasvirlanayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash (kognitiv, madaniy, pragmatik va hk.); matn kategoriyalarini va ularni aks etuvchi lisoniy birliklarni tahlil qila olish; matn tahlili natijalari asosida kommunikativ vaziyatni to‘g‘ri interpretatsiya qilish; matnda aks etuvchi konseptual tamoyillarni aniqlash va matndagi lingvistik xodisalar haqida mustaqil mushohada yuritish; matn lingvistikasining metodlarini mohiyatini tushunish va amalda qo‘llay olish hamda fan bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy bo‘yicha berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish va topshirish. Download 111.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling