Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси
Download 46.91 Kb.
|
Joriy remontni tashkil qilish
Turar-joy binolarining ko’rik tizimlari.
Bahorgi ko’rik qish mavsumi o’tgandan so’ng bajariladi. Ko’rikda muhandislik qurilmalarining konstruktiv unsurlari va hovli hududining tashqi obodonchilik unsurlari tekshiriladi. Joriy remonti bo’yicha ishlar hajmi hamda nosozliklar va shikastlanishlar oydinlashtiriladi.Bino ko’pgina ayrim qismlar yoki konstruktiv unsurlar va muhandislik qurilmalari tizimlari bo’yicha quyidagi tartibda o’tkazish tavsiya etiladi: xovli hududi va obodonchilik unsurlari; poydevorlar va erto’la xonalari, shu jumladan o’txonalar; tashqi devorlar va fasad unsurlari, ularga balkonlar, karnizlar, suvni bartarf etish qurilmalari ham qo’shiladi. Tom va uning shamollatish tuzilmasi, chordoq xonalari, chordoq orayopmasining isitgichi; qavatlararo xonalar (chordoqdan yorto’laga qadar tepadan astga tomon amalga oshiriladi), bunda orayopmalarning ham holati aniqlanadi. Binoning sanitar-texnik va boshqa muxandislik qurilmalari. Bino unsurlarining texnik holatini tashqi ko’rik yo’li bilan va ekspluatatsiya jarayonida olingan ma’lumotlar bo’yicha aniqlanadi. Lozim hollarda komissiyaning qarori bo’yicha konstruksiyalarni olib ashyo sifatini (mustahkamlik, anmlik va shu kabilar) aniqlash uchun namunalar olinadi, tekshiruv hisoblashlari amalga oshiriladi. Konstruksiya va qurilmalarning holatini aniqlashdagi murakkab hollarda ixtisoslashgan tashkilotlar va ekspertlarni jalb etish lozim. Turar-joy uylarini ko’rigida yog’och konstruksiyalarni (yog’och balkalar, xonalardagi, kanalizatsiya va quvur o’tkazgichlardagi, er to’lalardagi o’rta devor va pollar) albatta ko’rib chiqish kerak. Ko’rik vaqtida binolarning konstruktiv unsurlari va qurilmalarida deformatsiya va boshqa buzilishlar qaydi etilganida ularning o’lchamlari va shikastlanish darajasi aniqlanadi. Agar shikastlanish konstruksiyaning yuk ko’tarish qobiliyati va barqarorligini pasaytirsa yoki bino yoki qurilmaning ekspluatatsiyaviy sifatini yomonlashtirsa (yuk ko’taruvchi unsurlarni deformatsiyalanish va buzilish, qo’yilma unsurlarning zanglashi va boshqalar), u holda aholi havfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar qo’llash kerak va deformatsiyaning bundan keyingi o’sishini oldini olish lozim (muvaqqat mahkamlagichlar va boshqa muxofaza ishalri). To’la yig’ma turar-joy uylarini ekspluatatsiya qilishda ko’riklar rejasidan tashqari ekspluatatsiyaning dastlabki 2 yilida: tomlarni, tashqi burchaklarni, panellarning vertikal choklarini, po’lat qo’yilma detallarni kuzatib borish kerak. Bahorgi ko’rik natijalari ko’riklar jurnali hujjatlarida o’z aksini topadi. Download 46.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling