Viloyat Madaniyat boshqarmasi (Sh.Eshonqulov):
festival o‘tkazish bo‘yicha hamkorlikda madaniy dastur ishlab chiqsin, ovoz kuchaytirish moslamalari va bayroqlar bilan ta’minlasin;
0‘zbekiston Respublikasi davlat filarmoniyasi viloyat bo‘Iimi (O.Rustamov) bilan birgalikda shaharlar va tumanlarda o‘tkaziladigan festival doirasidagi tadbirlarga taniqli estrada xonandalarini belgilangan tartibda jalb etsin.
Samarqand garnizoni (Q.Achilov), Kattaqo‘rgon garnizoni (F.Umarov) joylarda o‘tkaziladigan festivallarda yoshlami ona-Vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida orkestr, qo‘l jangi va faxriy qorovul chiqishlarini tashkil etsin.
Belgilansinki, Pastdarg‘om va Payariq tumanlaridagi namunaviy yoshlar festivallari, shuningdek, shahar va tumanlarda o‘tkaziladigan festivallarda LED ekran, yoritish chiroqlari, banner, targhbot materiallari uchun sarf-xarajatlar yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (R.Mamatov), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi (A.Umarov), viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (I.Ismoilov):
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyulda “Ommaviy tadbirlami tashkil etish va o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 205-sonli qarori talablari asosida festival bo‘lib o‘tadigan joylami qabul qilib olish;
festival bo‘lib o‘tadigan joylarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, favqulodda vaziyatlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlami belgilasin.
Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (D.Jumaniyazov), viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi (M.Nasreddinova) festival kunlari joylarda tibbiy xizmat navbatchiligini tashkil etsin, maxsus tez-tibbiy yordam mashinasi ajratsin, tadbirlar davomida ishtirokchilar uchun tayyorlangan oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlar sifatini nazorat qilsin hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: |