Samarqand davlat universiteti (R.Xolmurodov), Samarqand davlat chet-tillar instituti (I.Tuxtasinov), TATU Samarqand filiali (Z.Qarshiyev), Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti (A.Safarov), Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i (A.Norboyev), viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi (Sh.Sultonov), viloyat televideniyesi (M.Ixtiyarov):
festivalni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturda belgilangan tadbirlarga ko‘ngilli o‘quvchi-talabalami jalb qilish tavsiya etilsin;
oliy va professional ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Q‘zbekiston yoshlar mamlakati” nomli insholar tanlovi, “Munozara” intellektual o‘yini, “Konstitutsiya bilimdoni” viktorinasi, “Bilasizmi?” teleo‘yini о‘tkazish;
ta’lim muassasalaridagi “Yoshlar teatr studiyalari”ning maxsus spektakllari namoyishini yo‘lga qo‘ysin.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi (X.G‘oziyev) bilan birgalikda “Quvnoqlar va zukkolar” musobaqalarini tashkil etsin.
Viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi (Sh.Ro‘ziyev), viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi (Sh.Sultonov), O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti (B.Raximov), O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi (A.Umarov) bilan birgalikda “Master klass” uchrashuv, “Shaxmat seansi” loyihasi, kibersport musobaqasi, “TIR” chempionati, “Kamondan o‘q otish” musobaqasi, “Robototexnika” musobaqalarini tashkil etsin.
Viloyat hokimining o‘rinbosari (X.Ochilov), Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi (X.Tuxtayev), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi (X.G‘oziyev), tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda “Ibrat farzandlari” marafoni, “Zakovat” intellektual o‘yini va “Gala konsert” dasturlarini tashkil etsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |